O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


Tovarni aholining buyurtmasiga muvofiq sotish usuli



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə146/222
tarix07.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#72973
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   222
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

Tovarni aholining buyurtmasiga muvofiq sotish usulida xaridor 
o‘ziga kerakli tovarga do‘konning buyurtma bo‘limida yoki sanoat 
korxonasi, qurilish, muassasa, dala shiyponi, istiqomat joyida tashkil 
etilgan buyurtma qabul qilish joyida oldindan buyurtma beradi.
Savdoning ilg‘or usullaridan biri savdo avtomatlari orqali savdo 
qilish hisoblanadi. Savdo avtomatlari savdoning ijtimoiy-iqtisodiy 
samaradorligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi, ya’ni savdoda iste’mol 
xarajatlarini kamaytirish iste’molchi hukmron bo‘lgan sharoitda muhim 
ahamiyatga ega: 
- chakana savdo korxonalarining namoyish zalida tushirilgan 
narxlarda kataloglar bo‘yicha nooziq-ovqat tovarlarini sotish; 
- shahar markazida joylashgan va kichik savdo maydoniga qat’iy 
interyer, uncha ko‘p bo‘lmagan xodimlarga ega bo‘lgan chakana savdo 
korxonalarida narxi tushirilgan cheklangan assortimentdagi tovarlar 
bilan savdo qilish; 
- “qulay do‘konlar”, cheklangan assortimentdagi tovarlar asosan 
yangi oziq-ovqat mahsulotlari bilan savdo qiluvchi hamda xaridorlarga 
butun kun mobaynida xizmat ko‘rsatadigan savdo korxonalarida sotish. 
Sotish kanallarining bosqichlari, subyektlari strukturasi (a’zolari) 
tarqatish kanali tarmog‘ining shakllanishida muhim ahamiyatga ega. 
Vositachining turi aniqlangandan so‘ng vositachi qaysi tashkilot 
nomidan kimning hisobiga operatsiyalarni bajarayotganini bilishi 
maqsadga muvofiq hisoblanadi. 
Bunday yondashuvda 4 turdagi vositachilardan foydalanish 
mumkin:
1) diler(o‘z nomidan va o‘z hisobidan ishlaydi);
2) distribyuter(boshqa firma nomidan va o‘z hisobiga);
3) komissioner(o‘z nomidan va boshqalar moliyaviy mablag‘i 
hisobiga)


293 
4) agent, broker (boshqasi nomidan va o‘zga firma hisobiga) 
faoliyat ko‘rsatadi. 

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin