336
12.1-jadval
Iste’molchilarni rag‘batlantirishning asosiy uslublari
Tajriba namunalari. Uyga olib borib beriladigan, pochta orqali yuboriladigan,
boshqa tovarlarga yoki reklama e’lonlariga ilova qilinadigan, tovar yoki xizmatlarning
bepul namunalarini taklif qilish
Kuponlar. Ko‘rsatuvchiga ma’lum tovarni sotib olishda kelishilgan tejamni
beradigan sertifikatlar. Pochta orqali tarqatiladi, boshqa tovarlarga ilova qilinadi, jurnal
yoki gazetadagi reklama e’lonlariga joylashtiriladi.
Pullik kompensatsiyalar (pulni qaytarish). Xarid amalga oshirilgach, realizatsiya
qilinadigan narx chegirmalari. Iste’molchi ishlab chiqaruvchiga qandaydir shaklda
xaridning tasdig‘ini yuboradi va u to‘langan pulning bir qismini «qoplaydi».
Upakovka (o‘rash)ning imtiyozli narxi (chegirma). Tovar o‘rami yoki etiketkasiga
uni arzon narxda sotib olinishi o‘ramdan foydalangan holda (masalan, bir pachka narxida
ikkitasi) yoki tovarga qoshimcha sifatida (masalan, tish cho‘tkasi va pastasi).
Sovg‘alar (mukofotlar). Sotilayotgan tovarni sotib olishda sovg‘a sifatida nisbatian
past narxda yoki bepul beriladigan tovarlar. «Ichkaridagi sovg‘a» o‘ramning ichida yoki
tashqarisida bo‘lib, sotib olingan tovar bilan birga beriladi. «Pochta orqali bepul tovar» -
bu xaridi tasdiqlangan xaridorlarga, masalan, o‘ramning ma’lum bir qismi yoki shtrix
kodini yuborish bilan uning sotib olingani tasdiqlanganda, o‘sha iste’molchiga yuborila-
digan tovar o‘zini-o‘zi bartaraf etuvchi mukofot – bu tannarxi uni sotib olmoqchi bo‘lgan
iste’molchi tomonidan to‘lanadigan sovg‘a.
Dostları ilə paylaş: