O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


Mahsulot o‘tkazish va sotishni rag‘batlantirish



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə167/222
tarix07.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#72973
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   222
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

Mahsulot o‘tkazish va sotishni rag‘batlantirish – bu terminning 
bir qancha tariflari mavjud, masalan: 
− yangi mijozlar tomonidan tovar xarid qilinishini oshirish va 
mavjud mijozlar iste’mol hissasini ko‘paytirish maqsadiga qaratilgan 
ichki faoliyat; 
− tovar harakatlanishidagi marketing texnologiyasi bo‘lib, bunda 
mijozlarga odatda qoidaga ko‘ra vaqtinchalik tartibda bir qator bevosita 
va bilvosita afzallik va ustunliklar havola etiladi. 


332 
− bu ish tovarlar va xizmatlarni xaridorlar uchun yanada jozibali 
ko‘rinishda havola etish maqsadida amalga oshiriladi; 
− savdo joylarida amalga oshiriladigan reklama tadbirlari, maxsus 
rejalari odatda cheklangan vaqt doirasida mo‘ljallab ishlab chiqiladi; 
− tovarlar yoki xizmatlarni sotish uchun reklamadan foydalangan 
holda yoki foydalanmasdan ishlab chiqilgan maxsus marketing 
texnologiyasi. 
Yuqorida keltirilgan tariflardan qaysi biri kompaniyalarning 
bugungi rejalariga muvofiq kelish-kelmasligidan qat’iy nazar mahsulot 
o‘tkazish va sotishni rag‘batlantirish bo‘yicha sxemalarning muayyan 
elementlari aynan bir narsa ekanligi ma’lum. Bu – tekin turli rangdagi 
ruchkalardan tortib aviachiptalargacha qimmatli sovg‘alarni tarqatish. 
Sovg‘aning reklama qimmatdorligi uning puldagi qiymatini, dizayn, 
emotsional idrok etish kabi uchala omilni bir vaqtda shakllantirishi 
mumkin. Bugungi kunda mahsulot o‘tkazish va sotishni rag‘batlan-
tirishda qo‘llanayotgan eng ommabop texnologiyalar quyidagilardir: 
–  mos keluvchi qadoqlangan tovarlar; 
− pul dividendlari; 
− mukofot tariqasidagi pul cheklari yoki kuponlari; 
− mahsulot o‘tkazish va sotishni rag‘batlantirish bo‘yicha xayriya 
tadbirlari; 
− bepul yutuqlar tanlovlari va o‘ynalishi; 
− kuponlarni haq to‘lab uzish haqidagi qarama-qarshi takliflar; 
− pasaytirilgan narxlar katta-katta harflar bilan yozilgan qadoqlar; 
− tovarlar xarid qilinayotganda sovg‘a berish; 
− bepul namunalar; 
− sovg‘a tariqasida beriladigan kuponlar; 
− savdo zallarida tovarlar namoyish etilishi; 
− yirik va guruhlangan qadoqlar; 
− xaridni tasdiqlaganlik uchun sovg‘a; 
− banknotlar yoki kuponlar yarimtasining bir-biriga mos kelishi; 
− pul chegirmalari; 
− qadoqdan foydalangan holda to‘g‘ridan to‘g‘ri marketing;
− sotuvni rag‘batlantiruvchi o‘yinlar; 
− o‘z-o‘zidan yo‘q bo‘lib ketuvchi yutuqlar. 


333 
Mahsulot o‘tkazish va sotishni rag‘batlantirish bo‘yicha marketing 
tadbirlari yig‘indisi marketing kommunikatsiyalari majmuyi, deb ham 
yuritiladi. Aniq marketing kompaniyalari ehtiyojlarga muvofiq birga-
likda foydalanish uchun tanlab olingan vositalar, texnologiyalar va 
faoliyat turlarini o‘z ichiga oladi. Bunga quyidagilar kirishi mumkin, 
jumladan: 
− reklama; 
− sotuvdan keyingi faoliyat; 
− reklamabop libos; 
− brending va pozitsiyalashtirish; 
− kataloglar; 
− korporativ kommunikatsiyalar; 
− to‘g‘ridan to‘g‘ri pochta jo‘natmalari; 
− to‘g‘ridan to‘g‘ri marketing; 
− elektron tijorat; 
− ko‘rgazmalar; 
− interaktiv video; 
− Internetdagi faoliyat; 
− dizayn va ramzlar; 
− bozorga axborot havola etish; 
− marketing tadqiqotlari; 
− merchandayzing; 
− kichik ommaviy axborot vositalari;
− qadoq, o‘rama; 
− savdo joylarida reklama; 
− narx sohasidagi strategiya; 
− matbaachilik: iste’molchilar uchun adabiyotlar; 
− matbaachilik: savdoga oid adabiyotlar; 
− reklama sovg‘alari; 
− jamoatchilik bilan aloqalar; 
− savdo korxonalari xodimlarini qo‘llab-quvvatlash; 
− savdoga oid adabiyotlar; 
− sotuvni rag‘batlantirish; 
− reklama homiyligi; 
− personalning firma libosi;
− kanselyariya jihozlari. 


334 

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin