326
Sotish kanallarini nazorat qilish va bu kanaldagi o‘z maqsadinigina
o‘ylaydigan (belgilaydigan) uning ayrim a’zolari o‘rtasidagi mojarolar-
ning oldini olish uchun keyingi paytda vertikal marketing tizimi (VMT)
paydo bo‘ldi. VMT bir yoki bir necha vositachi va ular bilan hamjihat,
yagona tizim tarzida ishlaydigan ishlab chiqaruvchidan tashkil topadi.
Bunday holda kanal a’zolaridan biri qolgan boshqa sheriklariga
nisbatan
ustunlikka ega bo‘ladi yoki ularga savdo imtiyozlari beradi, yoxud
ularning hamkorligini ta’minlaydigan ustunlikka ega bo‘ladi.
Shartnoma asosida VMTning shartnoma munosabatlari bilan bog‘-
langan mustaqil firmalardan iborat.
Shartnoma asosidagi VMTning uch turi farqlanadi:
1. Ulgurji rahbarlik qiladigan chakana sotuvchilarning ko‘ngilli
birlashmalari.
2. Chakana sotuvchilar shirkati.
3. Shartnoma asosida VMTning uch axborotli imtiyoz huquqiga ega
bo‘lgan tashkiloti.
Tovar harakatini tashkil etishda firmaning asosiy maqsadi
birinchidan, mahsulotni tezda, yaqin masofa
orqali va samarali usul
bilan o‘z xaridoriga yetkazish, ikkinchidan, tovarning xaridori bilan
uchrashishga eng qulay sharoit yaratishdan iborat bo‘lishi shart”. Tovar
harakatini rejalashtirishda korxona tanlagan tovar sotish uslublariga
asoslaniladi. Ular quyidagi uch uslubdan biri bo‘lishi mumkin:
- tovar ishlab chiqaruvchi vositachilarsiz to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘zining
iste’molchisi bilan bog‘lanishi;
- tovarlarni mustaqil vositachi (firmalar)
orqali sotish;
- aralash usul, ishlab chiqaruvchi firma va vositachi savdo tashkiloti
sarmoyalari qatnashishi orqali.
Firma tovar harakatini “Marketing — miks” jarayonida rejalash-
tirishda quyidagilarga ahamiyat beradi:
- sotish siyosatini tovar harakatiga bog‘langan holda aniqlash;
- tovar harakati usullaridan va turlaridan barcha tovarlar va bozor
segmentlariga mosini tanlash;
- tovar harakati bo‘g‘inlari
va umumiy masofani topish;
- tovar harakati zanjirida qatnashuvchilar - mustaqil vositachilarni
aniqlash;
- tovar harakati rahbarlik tizimini yaratish;
- tovar harakatini tashkil etuvchi bosh bo‘g‘inni topish;
- tovar harakati turlaridan eng samaralisini tanlashda turli xilini
bog‘lab bir - birini to‘ldirishni ko‘zda tutish.