322
funksiyasi miqdoriy va segment jihatdan sotuv jarayonining tahlili va
kuzatuvini olib boradi.
Tartibga solish funksiyasi mijozlar bilan o‘zaro aloqalar strategiya-
si, narx siyosati, sotuvni rag‘batlantirish, marketing
chora-tadbirlarini
o‘tkazishga qaratilgan.
Sotuv kontrolling (nazorati) funksiyasining bajarilishi bosh vazifa-
larni hal etishga qaratilgan, bular:
- xarajatlar va daromadlarni boshqarishga tizimli yondashish;
- bo‘lishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarni oldini olish, maqsad va
natijalarga erishish uchun strategik va taktik rejalarni tartibga solish;
- integrallashgan tizim — firmaning barcha funksional bo‘limlarini
muvofiqlashgan va integrallashgan (birlashgan) holda faoliyatini ta’min-
laydi.
Sotuv kontrollingini o‘tkazish albatta, operativ axborot ma’lumot-
lariga tayanadi. Bu ma’lumotlar
ham tashqi, ham ichki axborotdan ibo-
rat. Axborot manbalari ichki va tashqi faoliyat natijalari, barcha
iqtisodiy-statistik ma’lumotlardan tashkil topadi. Firmaning har bir
bo‘limi faoliyatlari ko‘rsatkichlari sotuv kontrollingining axborotlar
manbayi hisoblanadi.
Axborot ta’minoti jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat:
- axborotlarni to‘plash;
- saqlash, xavfsizligini ta’minlash;
- axborotlarni qayta ishlash;
- sifatli ravishda axborotlarni tizimga joylash;
- axborot bazasini shakllantirish.
Sotuv jarayoni kontrollingi firmaning
transport konsepsiyasidan
kelib chiqqan bo‘lishi va strategik muhim vazifalarni hal etishga
qaratilgan bo‘lishi kerak.
• tijorat faolligini oshirish, qachon va qaysi bosqichlarda zarur;
• tovar va xizmatlarning sifati qanday bo‘lishi kerak;
• mijozlar bilan munosabatlar qaysi strategiyalarga asoslanishi
kerak;
• qaysi yangi bozorlarda yangi iste’molchilar segmentini topish
kerak;
• firmaning raqobatchi firmalardan afzalligi;
• doimiy mijozlar bilan
aloqalarni mustahkamllash;
• strategik konsepsiya qaysi doiraga mo‘ljallangan (barcha kor-
xonalar uchun yoki bir bo‘lim uchun).
323
• strategik va operativ nazorat sotuv kontrollingning tarkibiy qismi
bo‘lib, u sotuvga tayyorgarlik, uni samarali o‘tkazish funksiyasini o‘z
ichiga oladi.
Sotuv kontrolling tizimining samaradorligi quyidagi prinsplarga
asoslanadi:
− sotuv jarayonida tavakkchilikni minimallashtirish;
− menejment jarayonida tub o‘zgarishlarsiz sotuvni qo‘llab-quvvat-
lash;
− savdo jarayonida vujudga keladigan muammolar tufayli kadrlar
salohiyatiga qarab ularni o‘zgartirish, kerakli joyga qo‘yish, zaruriyat-
dan kelib chiqqan holda faoliyatga yo‘naltirish;
− ishlab
chiqaruvchi marketing, logistika menejmenti sohalariga
kasbiy talabni oshirish.
Sotuv kontrollingi korxona strategik faoliyati samarasini ta’minlab,
uning daromadining oshishiga, foyda, tovar aylanmasi, xarajatlar
strukturasini boshqarishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Savdo kontrollingi
Savdoga tayyorgarlikda
kontrolling
Savdoni tashkil qilishda
kontrolling
Savdoni
tashkil
qilish
nazorati
Reklamani
nazorati
Operativ kontrolling
savdo
Operativ
nazorat
kontrolling
savdo
Potfel
tahlili
Rentabellik
foyda
Tovar
aylanmasi
Xarajarlar
Bozor
tarkibi
Tijorat
faoliyati
Dostları ilə paylaş: