312
oshirish davomida tovar–moddiy zaxiralarini saqlash xarajatlari jiddiy
o‘sadi. Rahbariyat, tovar zaxiralarini ortishini oqlash uchun savdo va
daromadlar yetarlicha o‘sish – o‘smasligini bilishi kerak bo‘ladi. Faqat
shundan keyin qo‘shimcha partiya tovarlarni qanchalik darajada
buyurtma qilish masalasi hal qilinishi mumkin bo‘ladi. Masalan,
“Toyota” firmasi mahsulotlari tannarxini pasaytirish omillaridan biri
butun dunyoga mashhur “jit” (just in time - aniq o‘z vaqtida) tizimini
qo‘llashdir. Bu ishlab chiqarishning ombordan foydalanmaydigan, uncha
katta partiyalarda bo‘lmagan “kanban” signali bo‘yicha tizimi. “Jit” –bu
komplektlovchi mahsulotlar omborlarini bartaraf qilish uchun kurash va
ishlab chiqaruvchi hamda yetkazib beruvchilar tomonidan ideal darajada
qo‘yilgan ta’minot. “Toyota” omborining “chidamlilik zaxirasi” o‘rtacha
2-3 soat, tarmoqlar qatoriga ko‘ra sal yuqoriroq– maksimum 0,5 kun.
Tartibsiz omborga joylashtirish va istagancha saqlab turish, bu tashlab
yuborilgan pullar, vaqt va oqilona foydalanilmagan maydon.
“Toyota”ning prinsipi ana shunday.
Dostları ilə paylaş: