O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə195/222
tarix07.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#72973
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   222
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

Ayyor marketing 
 
Odamlar ushbu toifadagi ko‘plab turdagi tovarlar orasidan aynan 
ushbu brendni sotib olishadi?
Iste’molchilarni xarid qilishga undash uchun reklama qilinayotgan 
tovarning qaysi sifatiga urg‘u berish kerak? 
AdMe.ru kichik reklama nayranggi yordamida savdoni ikki marta
ko‘paytirish mumkinligi haqida bir qancha misollar yig‘di. 
™ Hozirgi paytda sigaret upakovkasining standarti hisoblanuvchi 
qattiq kartondan yuqori qismi ochiladigan qilib yaratilgan qutilar aynan 
«Marllboro» tomonidan o‘ylab topilgan. Unda dizaynerlik innovatsiyasi 
g‘oyani namoyish qilish maqsadi bo‘lmagan. Aynan reklama 
maqsadlarida «Marllboro» chekuvchilarni reklama vositasiga aylantirish 
uchun bu vazifani amalga oshirgan. Gap shundaki, iste’molchilar 
sigaretlarni yumshoq qutilarda, uni cho‘ntakdan olmasdan chekar edilar, 
demak, atrofdagilar brendni ko‘rmas edi. Bunga esa yo‘l qo‘yib 
bo‘lmasdi. Hozirgi sigaret qutilari flip-toplar, deb ataladi, ularni 
cho‘ntakdan olib, keyin chekiladi, yangilik esa hamisha e’tiborni tortadi. 
™ «Este Lauder» o‘z atirlarini qanday sota boshlagani haqida 
chiroyli afsona bor. Uning ishi yurishmas, mahsulotlarini ham do‘kon-
lar va salonlar sotish uchun istamaygina olishar edi. Shunda yoshgina
miss Lauder New Yorkdagi eng yirik parfumeriya do‘koniga keldi va 
go‘yoki tasodifan polga o‘z atirining shishachasini tushirib yubordi. 
Iste’molchilar bu ajoyib hid bilan qiziqadi va do‘kon Este Lauder bilan 
atir yetkazib berishiga shartnoma tuzishga to‘g‘ri keladi. 
™ 1896-yilning yozida Genri Heinz NewYorkda sayr qilib yurardi. 
Ko‘chada u mijozlarga «oyoq kiyimlarining 21uslubi» ni taklif 
qilayotgan oyoq kiyimi do‘konining reklamasini ko‘rib qoldi. O‘xshash 
holda u ham o‘z ketchuplari va souslariga «57 variantda» deb yozib 
qo‘yishga qaror qildi. Bu raqam assortimentning real raqamiga sira 
to‘g‘ri kelmas, lekin, Heinzga juda yoqar edi va xaridorlarga ham ta’sir 
qildi.
™ Brendning tarixi 1879–yilda Lare Olsson Smit aroqning yangi 
navi-“Absolute Rent Bravin” (“mutlaq toza aroq”)ni yaratdi. Uning 


386 
asosiy farqli tomoni retifikatsiya metodi bilan erishiladigan tozalikda 
edi. 
™ Jahondagi eng mashhur Motosikl ishlab chiqaruvchi uzoq 
yillardan buyon «brendlashtirilgan» tatuirovkalar bo‘yicha birinchi 
o‘rinni egallab keladi. Hammasi, “Harley” kimki logotip ko‘rinishidagi 
tatuirovka bilan mototsikl sotib olishga kelsa, boyliklari uchun salmoqli 
chegirma e’lon qilganidan boshlandi.
™ Tefal, iste’molchilarning uzoq vaqtlar davomida teflon bilan 
qoplangan tova sotib olishlarining asosiy sababi, bu tovalarda taom 
pishirishda bir gramm ham yog‘ sarflanmaydi, deb hisoblangan. Biroq 
keyin ma’lum bo‘ldiki, ularning xarid qilishiga asosiy sabab, bunday 
qoplamali tova oson yuvilar, chunki ovqat kuyib ketmas ekan. Reklama 
kompaniyasining mazmuni ham o‘zgarib, uning haqiqiy vazifasi sezilarli 
darajada ortdi. 
™ 1960–yillarda Alka-Seltzer reklamasida suvli stakanga avvalgiga 
o‘xshab bitta emas, ikkitadan tabletka solingach, dori vositasining 
sotilishi ikki martaga ko‘paydi. Ayyor reklama usulini Tinkers Partners 
agentligi o‘ylab topdi. 
Yetakchi marketolog haqida shunga o‘xshash g‘aroyib, cho‘pchak-
simon gap yuradi: u birinchi bo‘lib shampunni qo‘llash ko‘rsatmasida 
sotish hajmi ikki marta o‘sishi uchun uni sochga ikki marta surib, yuvish 
kerakligini ko‘rsatishni o‘ylab topgan. Yostiqcha shaklidagi rezinka 
saqichning reklama roliklarini eslang. Reklama qahramonlari og‘izlariga 
nechtadan yostiqcha soladilar? Bu ham shunga o‘xshash. 
™ Pepsining bosh marketing finti Buyuk Depressiya yillarida 
Shtatlardagi yurishlar hisoblanadi. O‘shanda Pepsi idishlarda 340 ml. 
dan, Coca Cola esa 170 dan sotilgan edi. Bunda narxi avvalgidek, bir 
shishasi 5 sentligicha qolgan edi. Bunday g‘alati demping reklamada 
«Pepsi- cola» nishonga tegadi. 12 unsiya to‘lash-bu ko‘p! O‘sha 
tanganing o‘ziga ikki marta ko‘p! Pepsi-kola – bu ichimlik matni bilan 
qo‘shiq ham aytilardi. 1936 – yildan 1938 – yilgacha “Pepsi” ning 
sotilishini ikki martaga ko‘paydi. U amerikalik iste’molchilar ongiga 
yana 20 yil kirib bordi. «Shu pulga ko‘prog‘i» siyosatini Pepsi hali ham 
oradan 75 yil o‘tganiga qaramay saqlab qolmoqda. Masalan, Rossiyada 
Coca Cola shisha idishlarda 0,5 litrdan Pepsi esa - 0,6 litrdan sotiladi.
™ Timberland tarixidan: 1980-yillarning boshida Timberland kom-
paniyasi og‘ir vaqtlarni boshdan kechirdi. U sifatli “qayiqcha” tufli 
chiqarar edi. Uning narxi Topsiders kompaniyasi yetakchi tarmog‘i 


387 
mahsulotining narxidan arzon edi. Yaxshi mahsulot va arzon narx ular 
uchun ishlashi kerak edi, biroq ish yomon kechmoqda edi. Keyin 
Timberlandda juda oddiy qaror qabul qilishdi: ular o‘z narxlarini 
Topsiders taklif qilayotganidan ham sal yuqoriroq ko‘tarishdi. Savdo
keskin o‘sdi. Devid Ogilvining aytgani tasdiqlandi: «narxi qancha 
yuqori bo‘lsa, tovar xaridorlar ko‘ziga shunchlik talabgir ko‘rinadi». Bu 
«Sun’iy shishiriladigan talab» usulidan luxury-brendlari bir necha o‘n 
yillardan buyon foydalanishadi. O‘z vaqtida Parlament tamaki brendi 
shu yo‘lni tutgan edi. Avvaliga uning narxi asosiy raqobatchisi, 
shuningdek, Phillip Morrisga ham egalik qilgan Marllboro»ning 
narxidan ham past edi va savdo anchagina past bo‘lar edi. Iste’molchilar 
uchun bir xil narx segmenti bir dunyo taklif orasidan tanlab olish juda 
qiyin edi va ular «Parlament»ning filtri eksklyuzivligiga qaramay o‘zlari 
o‘rganganlarini tanlashar edi. Brend bir yil bozordan ketishga majbur 
bo‘ldi, keyin o‘ylab ko‘rib, yuqoriroq narxda qayta ishlab chiqarila 
boshlandi.
Frenk xo‘jayinidan ketib, pul qarz oldi va do‘kon ochdi. 1919-yilda 
Vulvort imperiyasi minglab do‘kondan, Frenkning shaxsiy boyligi 
taxminan 65 milliondan iborat edi. 
™ Londonda, XIX asrning oxirlarida aroq brendi roli juda 
ommalashdi. Shu bois viskining savdosi ancha kasodlashdi. Ayyor 
Tomas Dyuar-familiyasi yozilgan brendlardan birining asoschisi 
kutilmagan strategiyani tanladi. U yollanma xaridorlarni yolladi. Ular 
turli barlarga borib «Dewar’s» viskisidan quyib berishlarini talab 
qilishar, tabiiy, bu viski savdoda yo‘q va ular qaytib ketishardi. Bir 
necha ana shunday tashriflardan keyin Dyuarning o‘zi barda paydo 
bo‘lar va viski yetkazib berish haqida shartnoma tuzishni taklif qilar edi.
™ 1892-yilda Tomas Dyuar dunyo bo‘ylab sayohatga chiqdi. Ikki 
yil davomida u 26 ta mamlakatga bordi, kompaniyada esa 32 ta agent 
ishlay boshladi va bir nechta «Dewar’s» eksport kompaniyalari paydo 
bo‘ldi. Bu vaqt orasida kompaniyaning tovar aylanmasi 10 marta o‘sdi. 
Tomas Dyuar esa o‘zining mashhur «Dunyo bo‘ylab sayohat» kitobini 
yozdi. Tomasning madaniy topilmalari va hikoyalari asosida endilikda 
butun dunyo bo‘ylab «Dewar’s» reklama kompaniyalari qurilmoqda va 
brendni raqobatchilardan muhofaza qilmoqda. 
™ Yevropada tan olingan IKEAning dastlabki do‘konlari AQShda 
ochilganda, mebellar sotuvi kutilganidek bo‘lmadi. O‘tkazilgan 
tadqiqotdan ma’lum bo‘ldiki, amerikaliklar uchun dizaynning soddaligi 


388 
yoqqan bo‘lsa ham, mebel ularning ancha katta uylariga mos kelishini 
xohlashar ekan. Qilinishi zarur bo‘lgan asosiy ish-mebellar o‘lchamini 
kattartirish ekan.
™ Procter & Gamble kompaniyasining yetakchi ximik-texnologi 
qiziga bolalarini parvarishlashda yordam berayotgan Viktor Millz uchun 
o‘z nabiralari ostidan ko‘p martalab ho‘l tagliklarni olishga, ularni 
yuvib, quritishga to‘g‘ri keldi. Jarayon, albatta unga yoqmas va 
qandaydir yo‘l bilan o‘zi uchun hayotni yengillatishni istardi. Shunda 
uning xayoliga bir “martalik”- tagliklar, buklangan va namlikni o‘ta 
so‘rib olishga qodir alohida shakldagi ishtonchalarga joylashtiriladigan 
taglik g‘oyasi keldi. Turli xil materiallar bilan o‘tkazilgan bir qancha 
eksperimentdan keyin Millz Procter&Gamble uchun yangi mahsulot 
yaratdi va u Pampers savdo markasi bilan chiqib, ommalashib ketdi. 
™ Salvador Dalining novatorli cho‘pchasi, qulay o‘rami va yorqin 
muallifligi 50 yildan ortiq vaqt davomida jahonning hamma mamlakat-
laridagi mevali konfetlarni so‘rib kelayotgan iste’molchilar tomonidan 
a’lo baholandi.
™ Ichimlikni keng bozorga olib chiqilganda (Yevropa, AQSh) 
uning asosiy raqobatchilari sifatida Coca Cola, Pepsi, Molson, Labatt, 
Anheuser-Buschlar chiqishdi. Hamma firmalarning konsepsiyalari 
o‘xshash, chanqoq qondirar va stimullar, quvvat beruvchi Lalt Calaga 
esa ulardan tashqari Red Bullga nisbatan kofeinning dozasi ikki marta 
ko‘p ham edi.
Shunda Ditrix Matyses tavakkal qildi: sun’iy ravishda narxni 
raqobatchilarga nisbatan ikki marta oshirdi, shakl jihatdan batareykaga 
o‘xshaydigan hajmi kamaytirildi va bankalarni do‘konlardagi ichimliklar 
bo‘limiga emas, boshqa hamma narsalar bilan birga joylashtirdi. 
(do‘konlarga kirganingizda e’tibor bering-Red Bullni boshqa energetik-
lar bilangina emas, hatto kolbasalar sotiladigan yoki spirtli ichimliklar 
bo‘limida ham, ko‘rish mumkin.) Shu bilan birga Red Bull yashiklari 
talabalarga, universitet korpuslarida tekinga tarqatilar, talabalarning 
“o‘tirish”larida uni jon deb olishar, sababi tasodifiy yoki ataydanmi, 
uning tarkibi (ta’siri) aroqnikiga o‘xshab ketardi. Shunday qilib, 
dunyoda yangi, o‘ta ommalashib ketgan kokteyl Vodka Red Bull paydo 
bo‘ldi. 


389 

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin