5. Marketing bozorning har qanday o‘zgarishlariga turlanuvchi e’tibor qaratish prinsiplariga asoslanadi. U talab miqdori, iste’mol-
chilar xulq-atvori, yetkazib beruvchilar, vositachilar, raqobatchilar
muammolarining mavjud va bashoratlangan miqdori (kattaligi)ga nisba-
tan bozor konyunkturasini tizimli va sinchiklab hisobga olishni bildiradi.
Firma tomonidan xo‘jalik qarorlari qabul qilish markazlarini uzluksiz
kelib tushayotgan marketing ma’lumotlari asosida bozorning holatini his
qilib turadigan bo‘limlarga qo‘shib (aralashtirib) yuborilishi bozorning
o‘zgarayotgan talablarini uning ishlab chiqarish, savdo va ilmiy-tadqiqot
faoliyatini tez sezib olish (zudlik bilan e’tibor qaratishi)ga imkon beradi.
Bill Geyts “Fikr tezligidagi biznes” kitobida ta’kidlaydiki, hozirgi
zamon informatsion texnologiyalaridan foydalanish bozordagi vaziyatni
bir necha hafta emas, bir necha soat oldin ko‘ra olib, biznesda bozorda
yuqori raqobatbardoshlikni saqlab qolish uchun zarur bo‘ladigan tezlik-
ka erishish imkonini beradi. Raqobatchilarga nisbatan esa “kim raqobat-
chilarini unutsa, o‘sha bozorni unutadi” degan fikrni hamisha
unutmaslik kerak. Bugun raqobatchilarni yo‘q qilish emas, hurmat qilish
kerak, chunki u mudrashga emas, o‘ylashga, ijod qilishga, intilishga
undaydi.
6. Marketing korxonaning uzoq muddatli natijaviylikka yo‘naltirilganligini ko‘zda tutadi. Marketing tadbirlarini rejalashtirish
va realizatsiya qilish faoliyatining uzoq davrini talab qiladi. Avval savdo
bozori sinchiklab tahlil qilinadi, keyin mos keluvchi mahsulotlar ishlab
chiqariladi, bozorga joriy etiladi. Ushbu uzoq davr mobaynida korxona-
lar bozorda muvaffaqiyat qozonish va kelgusida foyda (daromad) umidi-
da kapital qo‘yadilar va bozor yangilikni qabul qilgandan keyingina,
foyda kelib tusha boshlaydi. Yangi mahsulot haqidagi g‘oyaning paydo
bo‘lishi va uning bozordagi muvaffaqiyatiga qadar yillar o‘tishi mum-
kin.