1. Hamisha ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish – savdo faoliyatini
iste’molchilar talablariga, bozorga yo‘naltirish. Marketingda asosiy
e’tibor iste’molchilar talablarini o‘rganishga qaratiladi. Ishlab chiqarish
uchun rejalashtirilayotgan tovarlar firma tomonidan ular xaridorlarga
muammolarini hal qilishda qanchalik yordam bera olishini hisobga
olgan holda qarab chiqiladi. T.Levitt marketingning bu prinsipini
quyidagicha tariflagan:
“So‘zsiz sotib olinadigan tovarlarni ishlab chiqaring va soting,
ishlab chiqarish kerak bo‘lgan narsalarni odamlarga majburlab o‘tka-
zishga urinmang”.
2. Iste’molchi talablariga faol ta’sir etish, talabni shakllantirish firma tovarlariga potensial talabni real talabga aylantirish uchun zarur,
binobarin, buni raqobatchilar o‘z tovarlariga nisbatan amalga oshirmas-
laridan oldinroq bajarish zarur.
3. Bozorga differensiallashgan yondashuv bilan bog‘liq talab
keskin bir xil xarakter kasb etadi. Shuning uchun potensial xaridorlarni
guruhlarga ajratish zarur, bu esa firmaga imkoiyatiga ko‘ra raqobatchi-
lardan tortib olingan xaridorlar guruhini o‘ziga xos talablariga
moslashish va ta’sir o‘tkazish bo‘yicha o‘z strategiyasini ishlab chiqish-
ga imkon beradi.
4. Yangilik kiritishga yo‘nalish bozorda raqobatli pozitsiyani
saqlab turish uchun zarur. Iste’molchilar so‘rovlari o‘ta tez o‘zgaradi,
shuning uchun yangi texnologiyalar, texnikalar, materiallarni o‘zlash-
tirish, bozorga yangi tovarlar joriy etish va mavjudlarini mukammal-
lashtirish, yangi bozorlarni o‘zlashtirish savdoni va reklama faoliyatini
rag‘batlantirish, tovarlar harakati va savdo (o‘tkazish)da yangi vositalar
yaratish zarur. Shu bilan birga unutmaslik kerakki, mahsulotlar
muhandislik fikrining ideal ixtirosi bo‘lishi mumkin, biroq u iste’mol-
37
chilar muammolarini hal qilmasa, shunchaki buyum sifatida qoladi,
tovar bo‘la olmaydi hamda marketolog va iste’molchi uchun ortiqcha
buyum bo‘ladi.