O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


 Hamisha ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/222
tarix07.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#72973
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   222
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

1Hamisha ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish – savdo faoliyatini 
iste’molchilar talablariga, bozorga yo‘naltirish. Marketingda asosiy 
e’tibor iste’molchilar talablarini o‘rganishga qaratiladi. Ishlab chiqarish 
uchun rejalashtirilayotgan tovarlar firma tomonidan ular xaridorlarga 
muammolarini hal qilishda qanchalik yordam bera olishini hisobga 
olgan holda qarab chiqiladi. T.Levitt marketingning bu prinsipini 
quyidagicha tariflagan: 
“So‘zsiz sotib olinadigan tovarlarni ishlab chiqaring va soting, 
ishlab chiqarish kerak bo‘lgan narsalarni odamlarga majburlab o‘tka-
zishga urinmang”. 
2. Iste’molchi talablariga faol ta’sir etish, talabni shakllantirish 
firma tovarlariga potensial talabni real talabga aylantirish uchun zarur, 
binobarin, buni raqobatchilar o‘z tovarlariga nisbatan amalga oshirmas-
laridan oldinroq bajarish zarur. 
3. Bozorga differensiallashgan yondashuv bilan bog‘liq talab 
keskin bir xil xarakter kasb etadi. Shuning uchun potensial xaridorlarni 
guruhlarga ajratish zarur, bu esa firmaga imkoiyatiga ko‘ra raqobatchi-
lardan tortib olingan xaridorlar guruhini o‘ziga xos talablariga 
moslashish va ta’sir o‘tkazish bo‘yicha o‘z strategiyasini ishlab chiqish-
ga imkon beradi. 
4. Yangilik kiritishga yo‘nalish bozorda raqobatli pozitsiyani 
saqlab turish uchun zarur. Iste’molchilar so‘rovlari o‘ta tez o‘zgaradi, 
shuning uchun yangi texnologiyalar, texnikalar, materiallarni o‘zlash-
tirish, bozorga yangi tovarlar joriy etish va mavjudlarini mukammal-
lashtirish, yangi bozorlarni o‘zlashtirish savdoni va reklama faoliyatini 
rag‘batlantirish, tovarlar harakati va savdo (o‘tkazish)da yangi vositalar 
yaratish zarur. Shu bilan birga unutmaslik kerakki, mahsulotlar 
muhandislik fikrining ideal ixtirosi bo‘lishi mumkin, biroq u iste’mol-


37 
chilar muammolarini hal qilmasa, shunchaki buyum sifatida qoladi, 
tovar bo‘la olmaydi hamda marketolog va iste’molchi uchun ortiqcha 
buyum bo‘ladi. 

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin