34
tadbirini qo‘llash raqobat sharoitida juda muhimligini firmalar juda
yaxshi anglab oldi. Ishlab chiqaruvchidan to iste’molchiga
tovar va
xizmatlar yetib borguncha qanchadan qancha muloqot auditoriyasi
obyektlariga duch kelinadi, o‘zaro ta’sir va aks ta’sir
albatta yuqori
madaniyat va hamkorlik asosida amalga oshirilsa, natija yuqori bo‘ladi.
1980-yilning o‘rtalarigacha marketing tovarlarni taqsimlash va
sotish usuli sifatida qaralganligi bozor va kuchli
raqobat sharoitida tovar
va xizmatlar bozori tarmog‘ining rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatib,
marketing tizimi subyektlari o‘rtasida kommunikatsiya aloqalarini
yuqori darajada o‘rnatishga to‘sqinlik qildi. Marketing jarayonlarining
ijtimoiy va ekologik yo‘naltirilganligi
marketingni boshqarish kon-
sepsiyasining sotishga yo‘naltirilganligini chekladi. Demak, bu mar-
keting faoliyatida sotish, reklama, taqsimlash va narx shakllanishidan
tashqari marketing funksiyasining integrallashgan
funksiyasi, ya’ni
marketingni boshqarish iqtisodiyotning har bir bosqichi uchun muhim
funksiya sifatida shakllandi.
Dostları ilə paylaş: