26
bilan bog‘liq kompaniya bilan ish olib borishdan bosh tortgan etikali
bank bo‘lgani ushbu bankni keng jamoatchilik tomonidan ijobiy
faoliyati tan olinishini ta’minlaydi.
4. Ijtimoiy-etik marketing konsepsiyasi yangi davr konsepsiyasi
bo‘lib, firma nafaqat iste’molchini, balki atrof-muhit va jamiyat
manfaatlarini ko‘zlagan holda faoliyat yuritishi ko‘zda tutiladi.
Batafsilroq tushuntiradigan bo‘lsak, masalan, firma iste’molchi xohishi
va talabidan kelib chiqib,
mahsulot ishlab chiqardi, ammo ishlab
chiqarish jarayonida juda ko‘p chiqindilarni oqar suvga yoki atrof -
muhitga tashlab zarar keltirdi. Aynan bunday noxush holga qarshi
ijtimoiy-etik marketing konsepsiyasi ishlab chiqildi,
shuning uchun
barcha tovar va xizmat turlarini taklif etuvchilar bu konsepsiyaga rioya
qilishlari shart.
Ijtimoiy-etik konsepsiya esa iste’molni ratsionallashtirish, ishlab
chiqarishni gumanizatsiyalash va atrof-muhit ekologik sofligini saqlash
aynan shu konsepsiyaning falsafa va maqsadidir.
F.Kotler bu konsepsiyani qo‘llashning
shartlarini quyidagilardan
iborat, deb ta’kidlaydi.
• Firmaning asosiy maqsadi xaridorlarning turli talablarini qondi-
rishda jamiyat mafaatlariga mos holda bu vazifani bajarishga yo‘nal-
tirishdan iborat. Masalan, tungi klublarni, kazino kabi jamiyat
manfaatlariga zid keluvchi va qonunan man etilgan xizmat turlarini
taklif etish va h.k.
• Firma muntazam ravishda izlanishda bo‘lib
xaridorlar uchun
yangi, zamonaviy, barcha yoshdagi iste’molchilarning talabini inobatga
olgan holda innovatsion tovarlarni yaratishi zarur.
• Iste’molchi bilan doimiy ravishda aloqada bo‘lish orqali ularning
potensial ehtiyoj va talablarini qondirish.
Marketing konsepsiyalarining yuqorida keltirilgan tavsiflanishi
bilan birga boshqa marketolog olimlarning ham bu borada o‘z
fikr va
mulohazalari mavjud.
Masalan, S. Kolomiytsev marketing konsepsiyalarining 4 bosqichi-
ni ajratib ko‘rsatadi.
1- Tijorat yoki sotuv marketingi.
2- Funksional marketing.
3- Marketing bozor konsepsiyasining boshqaruvi sifatida.
4-Axborotlashgan marketing. Bu tavsifda axborotlashgan marketing
yangi bosqich bo‘lib, iqtisodiyotning globallashuvi sharoitida juda
muhim hisoblanadi. Axborotlar oqimining o‘sishi firmaga o‘z faoliyati
27
jarayonida juda ko‘p omillarni nazarda tutgan holda o‘z
istiqbol rejasini,
strategiya va taktikasini ishlab chiqishini talab etadi. Bilimlar
innovatsiyasi bugungi kunda firmaning rahbari, texnologi, moliyachisi,
marketologi, muhandisi va boshqa xodim
va ishchilari uchun juda
muhim bo‘lib, har qanday axborotdan xabardor bo‘lish, chet el bozorlari,
mahsulotlari, texnologiyalarini bilish, ularni qo‘llash firmaning
raqobatdoshligini va afzalliklarini oshirish omilidir.
Dostları ilə paylaş: