24
Marketingning iste’molchilarga oid konsepsiyasi tashkilot maqsad-
lariga yetishning garovi iste’molchilar talabini o‘rganish
va ularning
qondirilishini raqobatchilarga nisbatan samaraliroq usulini ta’minlashdir,
deb ta’kidlaydi. Marketingning iste’molchilarga oid konsepsiyasi -
savdo konsepsyasiga o‘xshash, biroq u iste’molchilar muammolarining
anchagina qismini hal qilishiga to‘g‘ri keladi. Savdo konsepsiyasi
mahsulot savdosini (sotishni) rag‘batlantirish bo‘yicha tadbirlar vosita-
sida sotish hajmini ko‘paytirish hisobiga foyda (daromad) olishni ko‘zda
tutadi. Marketingning iste’molchiga oid konsepsiyasi xaridorlar
talablarini qondirish yo‘li bilan foyda (daromad) olishdan kelib chiqadi.
Savdoning asosiy maqsadi – ishlab chiqarilgan tovarni realizatsiya
qilish, marketingning maqsadi esa talabni o‘rganish, yaratish va ularga
mos holda tovar chiqarishdir.
An’anaviy marketing konsepsiyasi tub ma’noda
sotuvni inten-
sivlashtirish konsepsiyasi mohiyatini o‘zgartirishga qaratilgan.
Marketing konsepsiyasi avvalambor, iste’molchi talab va ehtiyojlariga
yo‘naltirilganlikdan, konsepsiyaning maqsadi – real va potensial
iste’molchilarni aniqlash, talabini o‘rganishdan iborat. Marketing
konsepsiyasi firmalarni quyidagilarga rioya qilishga undaydi:
• Sotiladigan narsani ishlab chiqarishga.
• O‘z tovarini emas, balki xaridorni sevishga.
•
Tovar sotish bilan emas, balki ehtiyoj va talabni qondirishga.
• Bozor talablarini o‘rganib, so‘ngra ishlab chiqarish hajmlarini
oshirishga.
• Iste’molchilarning tez o‘sib borayotgan talablariga moslashish
va egiluvchan ishlab chiqarishni tashkil etishga.
• Firmaga raqobatning ta’sirini o‘rganishga, tashqi omillarning
ta’sirini baholashga.
Potensial iste’molchilarga ko‘ra uzoq muddatga mo‘ljallangan sotuv
jarayoni, bu - iste’molchi bilan muloqot, uning fikrini bilish,
tovardan
qoniqqanlik darajasini aniqlashdan iborat. Chunki firma xaridor talabini
qoniqtirib foyda oladi, uning rentabelligi, raqobatbardoshligi tovar orqali
xaridorni o‘z iste’molchisiga aylantiradi.
An’anaviy marketing konsepsiyasi muntazam ravishda iste’mol-
chilarni yangi talab va ehtiyojlarining o‘sishiga sabab bo‘lsa, firma katta
foyda ketidan quvishga intilib, boshqa narsalarga e’tiborni susaytirishi,
o‘z manfaatlarini jamiyat manfaatlaridan ustun qo‘yishi mumkin.
25
Amerika marketologi T.Levitt savdo
va marketing konsepsiyasini
quyidagicha ajratadi: “
Savdo bo‘yicha tijorat kuchlari – bu sotuvchi
ehtiyoji bo‘yicha jamlanganlik,
marketing esa xaridorlar ehtiyojlariga
jamlanganlik. Savdo bo‘yicha tijorat kuchlari – bu sotuvchining o‘z
tovarlarini naqd pulga aylantirish bo‘yicha ehtiyojlari haqida qayg‘urish
(harakat qilish), marketing esa – bu mijozlar ehtiyojlari haqida tovarlar
va ushbu tovarlarni yaratish, yetkazib berish va iste’moli bilan bog‘liq
qator omillar vositasida qayg‘urish (harakat qilish)”.
Menejmentning
yetakchi nazariyachilaridan biri P.Druker ta’kidlaydiki: “Marketingning
maqsadi mijozni shunchalik bilish va tushunishki, tovar yoki xizmat
uning talabalariga aniq mos kelsin va o‘zini o‘zi sotsin”.
6
Biroq, iste’molchilarning joriy istak-xohishlari va ularning uzoq
muddatli manfaatlari mos kelmaydi. Yoki jamiyatning alohida a’zosi
xohishi hamisha ham uning atrofidagi odamlar yoki umuman, jamiyat
istagiga mos kelavermaydi. Masalan, odamlar chekib, o‘zlari va atro-
fidagilarga zarar yetkazadilar. Marketingning iste’mol konsepsiyasi bu
ziddiyatni hal qila olmaydi.
Tabiiy resurslar yetishmasligi, kimyoviy va
biotexnologik mahsulotlarning qo‘llanilishi, insoniyat yashash manzil-
lari muhitining ifloslanishidan aholining jismoniy va axloqiy salomatligi
yomonlashuvi bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ldi va bu muammoni
ham marketingning iste’mol konsepsiyasi hal qilishga qodir emas.
“Hayot sifati – bu nafaqat iste’mol tovarlari va xizmatlarining miqdori
va sifati, shuningdek, insonning yashash muhiti sifati hamdir.
Jamoatchilik va davlat organlari tashkilotlarni
atrof-muhit va jamiyatga
nisbatan mas’uliyat bilan harakatlanishga chaqirmoqda va buni talab
qilmoqda. Shu bois 80-yillarning boshlaridan marketingning
evolyutsiyasi
marketingning ijtimoiy — etika konsepsiyasi paydo
Dostları ilə paylaş: