23
Marketingning sotuvni rag‘batlantirish, reklama, targ‘ibot, turli
aksiyalar e’lon qilish orqali iste’molchilarni o‘ziga
jalb etish va ishlab
chiqarilgan mahsulotlarni samarali sotish - konsepsiyaning falsafasidir.
Har bir xaridor firmaning mijoziga aylanishi uchun marketologlar
ulardan so‘rovnomalar o‘tkazish orqali tovar haqidagi fikrlarini,
tovar
bahosini, ularni qoniqtirishi yoki narxning yuqoriligi haqida fikrlarini
inobatga olgan holda firma keyingi faoliyatini rejalashtiradilar. Ko‘p
hollarda bozorni o‘rganmay mahsulot ishlab chiqargan firma bozorda
to‘yinish hosil bo‘lgan tovarni ishlab
chiqargani uchun sotishda
qiynalib, mazkur konsepsiyani qo‘llashi kerak.
F. Kotler bu konsepsiya samarasini quyidagicha asoslaydi:
• Xaridorlar o‘z manfaatlarini himoyalanishini biladilar.
• Xariddan qoniqmagan xaridorlar tezda bu hissiyotni unutadilar.
• Bunday xaridorlar o‘z fikrlarini boshqa xaridorlar bilan bo‘lish-
maydi.
• Xariddan qoniqmagan xaridor jamoat tashkilotlariga, masalan,
iste’molchilar huquqini himoya qiluvchi qo‘mitaga shikoyat bilan
murojaat qilmaydi, chunki chegirma bilan tovarni sotib oladi va h.k.
• Chegirmalar va aksiyalar davrida juda ko‘p potensial
xaridorlar
firma mahsuloti xaridoriga aylanadilar.
Shunday bo‘lishiga qaramasdan, bu konsepsiya firma tomonidan
iste’molchilar xohishi – talabi inobatga olinmasdan ishlab chiqarilgan
mahsulotlarni sotishga yo‘naltirilganligi uchun
uning hayotiylik davri
uzoq emas.
Dostları ilə paylaş: