O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/222
tarix07.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#72973
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   222
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

Marketing-
menejment 
Marketingni boshqarishni tashkil etish, kontrolling, marketing xizmati 
tarkibiy qismini ishlab chiqish, marketing faoliyatidagi qarorlarni 
optimallashtirish, audit-marketing, marketing xizmati faoliyatining 
samarasini baholash. 
Marketing faoliyati funksiyasi esa keng qamrovli bo‘lib, u quyidagi 
funksiya osti vazifalarini o‘z ichiga oladi


44 
• Tashqi muhit tahlili. 
• Ishlab chiqarish dasturlarini muvofiqlashtirish va firmaning 
ishlab chiqarish salohiyatini tahlil qilish. 
• Bozor va iste’molchilarni o‘rganish. 
• Tovar siyosatini o‘rganish. 
• Tovar harakati va sotuvni shakllantirish. 
• Bozorda firma maqsadlari va strategiyasini asoslash. 
• Marketing faoliyatini boshqarish. 
• Marketing faoliyati vazifalari samarasini baholash. 
• Firma mahsulotlari va xizmatlarini ekologik sof va ijtimoiy-etik 
normalarga mos kelishini ta’minlash. 
Marketing faoliyati funksiyalarining keng qamrovligi va ulardan 
qaysi vaqtda foydalanish kerakligi juda ko‘p omillarga bog‘liq. 
Jumladan, mahsulot ishlab chiqarish hajmi, ishchilar soni, asosiy fondlar 
tarkibi, tashkiliy boshqaruv strukturasining takomillashganligi, 
moliyaviy ta’minlanganlik va hokazo. Amaliyotda marketing faoliyati-
ning funksiyalari ko‘p omillarga bog‘liq bo‘lib, firmaning konkret davr 
ichidagi texnik – iqtisodiy ko‘rsatkichlariga qarab u yoki bu vazifani 
bajarish maqsad qilib qo‘yiladi. Korxona marketing xizmatida ko‘proq 
quyidagi funksiyalar bajariladi: 1-marketingni tashkil qilinganlik 
darajasini baholash; 2-marketingni rejalashtirish; 3-marketingni tashkil 
qilish; 4- sotuv; 5- reklama; 6-yangi tovarni ishlab chiqish.
Hozirgi sharoitda marketing funksiyasi tobora kengayib, uning 
integrallashgan, ya’ni firmaning barcha bo‘limlari bilan muvofiqlashgan 
funksiyasi shakllanmoqda. Buning tub ma’nosi shundan iboratki, 
firmadagi barcha funksiyalar asosiy maqsadga erishish uchun 
yo‘naltirilgan va bir — biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lishi kerak. 
Marketingning integrallashgan funksiyasi firma barcha bo‘limlari 
funksiyalari bilan muvofiqlashgan va firmaning samaradorligini 
ta’minlashga yo‘naltirilgandir. 

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin