64
Savolnomalar orqali so‘roq va intervyu olishjuda keng tarqalgan. Bu
usullar bilan birlamchi axborotlarni to‘plash qimmatga tushadi. Shuning
uchun bunday axborotlarni yirik firma, korporatsiyalar, kompaniyalar
o‘z faoliyatlarining strategik rejalarini tuzish maqsadida o‘tkazadilar.
Shuni ta’kidlash joizki, marketing tadqiqotlari juda ko‘p vaqt va sarf-
xarajat talab etuvchi jarayon bo‘lib, hozirda firmalar raqobatbardosh
bo‘lishini ta’minlash, bozor ulushini egallash, tashqi bozorlarni
o‘rganish orqali eksport faoliyatini rivojlantirish uchun tadqiqotlar
o‘tkazishga qiziqadilar. Samarali o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasi albatta,
o‘z foydasini beradi va tez orada xarajatlar qoplanadi.
- Birlamchi axborot ochiq dala marketing tadqiqotlari, deb
nomlangan kuzatuv, tekshiruv, tajriba va imitatsiya yo‘li bilan olinadi.
Kuzatuv – tanlab olingan insonlar guruhi xatti-harakatini turli
vaziyatlarda ularning amallarini yozib borish orqali birlamchi
axborotlarni yig‘ish hisoblanadi, masalan xaridorlarning do‘kondagi
xatti-harakatlari.
Dostları ilə paylaş: