82
tashkilotlardagi muammolar aniqlanadi va chora-tadbirlar ishlab
chiqiladi.
8
Professor X.Meffert tomonidan tijorat marketingining asosiy
shakllari tavsiflangan.
Hududiy jihatlariga qarab: milliy,
mintaqaviy, lokal va xalqaro
(eksport, global va jahon) marketingi;
qo‘llanish sohasiga qarab
iste’mol, sanoat, investitsion va xizmatlar marketingi xarakterlanadi.
Bugungi kunda
jismoniy shaxs yoki tashkilotning faoliyat turiga
qarab
tashkilot marketingi, shaxs marketingi, joy marketingi, ijtimoiy
marketing qo‘llaniladi.
Tarmoqli marketing – sotish tizimi bo‘lib, mahsulot iste’molchi-
larining o‘zlari ham uning tarqatish jarayonida qatnashishlari yangi
tarmoqlarni yaratishlariga imkoniyat beriladi. Tarmoqli marketing – bu
tovarlarni mustaqil ravishda tarqatuvchi sotuvchi
agentlarning tarmoqli
tashkilotini yaratishga asoslangan tovarlar chakana savdosining bir
turidir.
Mikrodarajada marketing ishlab chiqaruvchi va iste’molchini
o‘rganish uchun dasturlar yaratiladi.
Mikromarketing (ingl. Micromar-
keting)
— iste’mol bozorining alohida geografik, demografik va
psixografik segmentlariga yo‘naltirilgan marketing
dasturlari ishlab
chiqilishi, mahsulotlar ishlab chiqarilishi, firma bozor strategiyalari va
reklama kompaniyalari borasidagi aniq maqsadga qaratilgan marketing
sa’y-harakatlari.
Mikromarketing – «ma’lum bir kompaniya tomonidan iste’mol-
chilarning xohish va istaklarini qondirgan holda tovar va xizmatlarni
ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga yetkazib berish bilan bog‘liq
harakatlar majmuasidir». Fransuz olimi J.J.
Lamben bozor iqtisodiyoti
sharoitida makromarketingning ahamiyatini yanada batafsilroq ochib
berib, uni iqtisodiy demokratiyaning muhim omili sifatida talqin qiladi.
Aynan makromarketing iste’molchini birinchi bo‘lib eshitadi va
iste’molchi talabidan kelib chiqib, investitsiyalarni, innovatsiyalarni
tadbirkorlik faoliyatiga yo‘naltiradi. Makromarketing
hozirgacha nazariy
jihatdan bahs — munozaraga sabab bo‘lgan muammo hisoblanadi.
1960 – yilgacha turli marketing yo‘nalishlari o‘z diqqat – e’tiborini
makromarketing muammolariga qaratdi. Tashqi muhit o‘rganilmagan
holda sotuv va iste’molchi bilan munosabatlar o‘rnatildi. Bozor
infrastrukturasining rivojlanishi jamiyatning ehtiyoj va talablarini yuqori
8
Г.Л.Багиев, В.M.Taрасевич Маркетинг. 4-изд.-СПб., “Питер” 2012 г.
83
darajada o‘rganish muhimligiga urg‘u berdi. AQShda o‘sha davrda
marketingni jamiyatning bir faoliyati turi,
deb ham qarashgan
(R. Xollovey, Dj. Fiska, R. Xinkok va b.).
Dostları ilə paylaş: