93
faoliyatining shunday funksional sohasiga aylanadiki,
bu uning boshqa
sohalarining funksiyalanishini ko‘p tomondan belgilaydi, ya’ni ishlab
chiqarish, xodimlarni boshqarish, ITTKI (ilmiy-tadqiqot tajriba –
konstrukturlik ishlari) va b.
Bozor sharoitlarida marketing asosiy funksiya sifatida korxona
faoliyatining strategiyasini belgilaydi. Korxonaga marketingni o‘zi
uchun hayot tarzi, korxonaning esa falsafasi, deb bilgan odam rahbarlik
qiladi. Marketing xizmati nafaqat ishlab chiqarish va savdoga xizmat
qilish bo‘limi,
shuningdek, tashkilot faoliyatini yakuniy iste’molchi-
larning chiqarilgan mahsulotga yo‘naltiruvchi strategik ishlab chiqarish–
savdo boshqaruv rejalashtiruvchi va nazorat qiluvchi organlari hamdir.
Marketing korxonaning hamma xizmatlari va bo‘limlariga kirib boradi.
Shuning uchun korxonada marketingni boshqaruv strukturalarini tashkil
etish alohida ahamiyat kasb etadi. Marketing xizmati shunday tashkil
etilishi kerakki, u ushbu korxonaning o‘ziga xos xususiyatlariga
(spetsifikasiga), uning resurs imkoniyatlariga, chiqarilayotgan mahsuloti
va xizmat qilayotgan bank xarakteriga mos kelsin. U aniq, qaror qabul
qilishda moslashuvchan, sodda va tezkorligi (mobilligi) bilan ajralib
turadigan bo‘lishi lozim. Korxonalar marketing bo‘limi
shunday hisob-
kitob bilan tashkil etiladiki, u eng yaxshi tarzda marketing maqsadlariga
erishishga, ya’ni xaridorlarning qondirilmagan talablarini aniqlash,
bozorlarni geografik jihatdan kengaytirish, bozor ulushlarini oshirish,
bozorning yangi segmentlarini qidirib topish, foydani ko‘paytirishga
yordam berizi zarur. Hozirgi zamon korxonalar faoliyati amaliyotining
ko‘rsatishicha, marketing xizmati strukturasining rang-barangligiga
qaramasdan marketingning tashkiliy tarkibiy turlari quyidagilar:
− funksiyalar bo‘yicha;
− mahsulot bo‘yicha;
− bozorlar bo‘yicha;
− iste’molchilar guruhi bo‘yicha;
− hudud (region)lar bo‘yicha bo‘ladi.
Marketing xizmatini tashkil etishda qat’iy
standartlar mavjud
bo‘lmaydi, shuning uchun har bir kompaniya, marketingni boshqarish
strukturasiga asosiy talab–uning samaradorligi, aniq-ravshan (ochiq)ligi,
tejamkorligi ekanligini anglay borib, bu masalani hal etishga mustaqil
yondashadi.
Marketing xizmati boshqa bo‘limlar va xizmatlar bilan o‘zaro
aloqada harakatlanishi zarur va u marketingni korxona faoliyatiga joriy
etilish darajasi bilan belgilanadi. Marketing va ta’minot bo‘limlarining
o‘zaro munosabatlari, ularning faoliyatlarini muvofiqlashtirish shuning
94
uchun kerakki, bunda muhim xom – ashyolar va
butlovchilarning oldin-
dan ko‘zda tutilmagan va kutilmagan holda yetmay qolishi kabilarning
oldi olinadi. Bunday holatlar, agar marketing bo‘limi ta’minotchilarga
rejalarning istiqboli va tuzilgan shartnomalar haqida ma’lumot
bermaganlarida yuz beradi. Va aksincha, noto‘g‘ri prognozlar yoki
marketing bo‘limi ta’minot bo‘limiga talablarning kamaygani haqida
xabar bermaganidan materiallar hamda butlovchilarning haddan ortiq
zaxirasi to‘planib qolganidan, boshqa ish (vazifalar) da muvaffaqiyatli
foydalanilishi mumkin bo‘lgan bu vositalarni faoliyatdan to‘xtatib, ya’ni
“muzlatib” qo‘yishga to‘g‘ri keladi.
Tovarlar bo‘yicha smeta va marketingning umumiy budjetini
samarali realizatsiya qilish uchun marketing bo‘limi
mutaxassislari
xarajat va foyda ko‘rsatkichlarini doimo nazorat ostida tutishlari kerak
bo‘ladi. Marketing bo‘limining yuridik xizmat bilan o‘zaro birgalikdagi
harakati marketing bo‘limi mutaxassislariga xo‘jalik va tijorat
faoliyatining turli tomonlarini ishlab chiqish, yangi buyumni ishlab
chiqarish, narxlarni belgilash, qadoqlash, reklama, sotish shartlari
kabilarni qonunchilik bo‘yicha boshqarishda
tez va malakali yuridik
maslahatlar olish imkonini beradi. Patent ishlari, tovar belgilarini
ro‘yxatdan o‘tkazish, litsenziya bitimlari, reklamatsiyalar va xaridorlar-
ning e’tirozlariga taalluqli qonunlar va yo‘l-yo‘riqlar mavjud.
Cheklangan savdo amaliyoti, monopolistik kelishuvlar, kechiktirilgan
to‘lov bilan xarid va savdo narxlar haqida kelishuvlar va boshqalar
bo‘yicha masalalarda yuridik normalarga amal qilish zarur.
Dostları ilə paylaş: