80
• Iqtisodiyotdagi jiddiy islohotlar, barcha soha rivojiga innovat-
sion
yondashuv, axborot texnologiyalarining, xizmat sohalarining tez
rivoji, tadbirkorlik ko‘lamining kengayib borishini marketingsiz
tasavvur qilib bo‘lmaydi. Korxonalar iste’molchilarning talab va
ehtiyojlarini qondirish orqali rejalashtirgan foydani olishiga marketing
bevosita ta’sir etadi.
Iste’molchi va xaridor kategoriyalari marketing jarayonida o‘ziga
xos xarakterga ega. Mahsulot ishlab
chiqaruvchidan to oxirgi
iste’molchiga yetib kelgunicha bir necha bosqichlarni bosib o‘tadi. Bu
orada savdo funksiyalari bilan chakana va ulgurji xaridolar
shug‘ullanadilar. Ulgurji xaridor foyda olish maqsadida tovarni bevosita
ishlab chiqaruvchi korxonadan sotib olib uni boshqa shaharlarga, savdo
tarmoqlariga tarqatadi va shu orqali o‘zi narxlarni belgilab foyda
ko‘radi. Bu yerda ulgurji xaridor iste’molchi emas,
balki vositachi rolini
o‘ynamoqda. Bu o‘rinda ulgurji xaridor tovar va xizmatlarga talabni
shakllantiradi, o‘z navbatida bozorni o‘rganib, raqobatchi firmalarning
kuchli va zaif tomonlarini aniqlaydi. Jarayonning yana bir muhim qismi
bu tadqiqotlar asosida yangi innovatsion tovar yaratish bosqichi. Ilmiy
tadqiqotlar, benchmarking orqali yangi texnologiyalar va tovar turlari
yaratiladi. Kelajakda shakllanishi mumkin bo‘lgan
potensial talab
hajmlari aniqlanadi. Keyingi bosqichda yaratiladigan mahsulotning
texnik-iqtisodiy xarakteristikalari, naflilik darajasi kabilarni modellash-
tirish amalga oshiriladi. Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun
firmaning resurslari va moliyaviy imkoniyatlari aniqlanadi. Tajriba –
sinov laboratoriyalarida mahsulotning namunalari chiqariladi va
sinovdan o‘tkaziladi. Iste’molchi va ekspertlarning
fikri tahlil qilinib,
uning dizayni, kamchiliklari va boshqa ekspluatatsion xarakteristikalari
haqida qaror qabul qilinadi.
Dostları ilə paylaş: