78
5. Marketing tadqiqotlari o‘tkazishda qaysi axborot manbalaridan
foydalanish samarali hisoblanadi?
6. Bozor tadqiqoti nima maqsadda o‘tkaziladi?
7. Marketing tadqiqotlari nimaga asoslanadi?
8.
Marketing tadqiqotlari, deganda nimani tushunasiz?
Vaziyatga oid masalalar
1.Quyidagi vaziyatlarda marketing axborotlarining
qanday turlari
zarur va ularni qanday manbalardan olish mumkin:
- Bolalar o‘yinchog‘ini ishlab chiqaruvchi zavod bolalarning
o‘yinchoqlar sotib olish haqida qaror qilishlariga ta’sir
darajalarini
o‘rganish istagida;
- Tez o‘sayotgan “Oltin boshoq” shaharchasida
yangi qahvaxona
joylashtirish imkoniyatini o‘ylab ko‘rmoqda;
TEST
1. Marketing tadqiqotlari - bu axborotlar harakatlanishini:
a) Ishlab chiqaruvchilardan – bozorga.
b) Bozordan - ishlab chiqaruvchiga.
c) Xaridorlar orasida.
d) Raqobatchilar orasida.
e) Kommunikatsiyalar shaklida ifodalaydi.
2. Marketingda ikkilamchi ma’lumotlar - bu:
a) Qayta tekshirilgan axborotlar.
b) Ikkinchi darajali axborotlar.
c) Begona manbalardan olingan axborotlar.
d) Tashqi manbalardan olingan yoki dastlab boshqa maqsadlarda
olingan axborotlar.
e) Vositachilar tomonidan buyurtma bo‘yicha yig‘ilgan axborotlar.
3. Reklama hajmi va savdo miqdori orasidagi bog‘liqlik
tadqiqoti
quyidagilar yordamida o‘tkazilishi mumkin:
a) Kuzatishlar.
b) Eksperimentlar.
c) So‘rov.
d) Imitatsiyalar.