+3-мавзу-mo' da Матлаб(57-110). doc


 MATLAB tizimini vazifalari va imkoniyatlari



Yüklə 1,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/29
tarix08.12.2022
ölçüsü1,09 Mb.
#73229
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
3-мавзу-mo\' da Матлаб(57-110). doc

1.2. MATLAB tizimini vazifalari va imkoniyatlari
MATLAB - matematik va ilmiy-texnik hisoblashlarni amalga oshirishga
mo’ljallangan eng qadimiy, uzoq vaqtlar davomida ishlab chiqilgan va tekshirilgan,
avtomatlashtirilgan tizimlardan biri bo’lib, u matrisa va matrisaviy amallarni
kengaytirilgan talqini ustiga qurilgan. Mazkur tushuncha uning nomida o’z aksini
topgan, ya’ni MATLAB - matrix laboratory - matrisali laboratoriya. Ma’lumki, juda
ko’plab dasturlar va ular ustida amallar bajarish sikllar orqali amalga oshiriladi. Bu
esa dasturni ishlashini sekinlashtiradi va ba’zi bir amallarni bajarishni dasturlash
tillarida ko’p o’lchamli, xususan, ikki o’lchamli, ya’ni matrisalarni e’lon qilishni
murakkablashtiradi. MATLABda asosiy obyekt sifatida matrisalardan foydalanish
sikllar sonini keskin kamaytiradi.
MATLAB tizimini yaratishdagi asosiy maqsadlardan biri bo’lib, texnik va
matematik xisoblashlarga yo’naltirilgan, foydalanuvchi uchun qulay va sonli
usullarni amalga oshirish uchun tadbiq etib kelinayotgan an’anaviy dasturlash tillari
imkoniyatlaridan ustunroq
dasturlash tilini yaratish hisoblanadi. Mazkur tizimni


61
yaratishda hisoblashlar tezligini oshirishga hamda tizimning turli xil masalalarini hal
qilishga moslashuvchanligiga katta e’tibor qaratilgan.
MATLAB tizimi dasturlashning uchta asosiy konsepsiyasini amalga oshiradi:
a) modullarni, ya’ni protsedura va funksiyalarni yaratishga asoslangan
protsedura modulli dasturlash;
b) obyektga yo’naltirilgan dasturlash (ayniqsa, tizimning grafikli vositalarini
joriy qilish ahamiyati);
c) foydalanuvchining grafikli interfeysini yaratishga mo’ljallangan vizual-
yo’naltirilgan dasturlash (GUI-Graphics User Interface).
Umuman olganda, MATLAB dasturlash tili interpretatorlar sinfiga kiradi.
Demak, bundan kelib chiqadiki, tizimning har bir buyrug’i nomi bo’yicha aniqlanadi
va zudlik bilan joriy qilinadi. Bu esa ixtiyoriy dasturiy kodni qism-qism bo’yicha
tekshirishni osonlashtiradi.
Tizimning asosiy imkoniyatlardan biri bu uning ochiqligi va kengaytirish
mumkinligidir.
Tizimning juda ko’plab
buyruq va funksiyalari matnli formatdagi m-fayl
(kengaytmasi .m) va C/C++ fayllari ko’rinishida bo’lib, barcha fayllarni modifikasiya
qilish mumkin.
Umuman olganda, ma’lumotlarni kiritish va hisoblashlarni amalga oshirish
quyidagicha amalga oshiriladi:
Boshlang’ich
ma’lumotlarni
kiritishni
ko’rsatish
uchun
>>
belgidan
foydalaniladi;
Ma’lumotlar oddiy yozuvli tahrir yordamida kiritiladi;
Sozlangan funksiyalar (masalan, sin) yozma xarflar bilan yoziladi, hamda
ularning argumentlari oddiy qavslar ichida yoziladi.
Ma’lumki, o’zgaruvchilar kompyuter xotirasida, ya’ni ishchi soha (workspace)
da ma’lum bir joy egallaydi. Ishchi sohani keraksiz o’zgaruvchilardan tozalash uchun
clear funksiyasining turli xil ko’rinishlaridan foydalaniladi, masalan:

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin