64
Son - MATLAB tilining eng oddiy obyektlaridan biri bo’lib, u miqdoriy
ma’lumotlarni ifodalab beradi. Sonlarni konstanta deb hisoblash mumkin. Sonlar
butun, kasr, fiksirlangan va suzuvchi nuqtali bo’lishi mumkin. Ularni yaxshi ma’lum
bo’lgan ilmiy shaklda, ya’ni mantissa va son tartibini ko’rsatgan holda ifodalash
mumkin:
0; -3;
2.301; 123.456ye-24;
-234.456ye10.
Yuqoridan ko’rinib turibdiki, mantisadan sonning butun qismi kasr qismidan,
juda ko’plab dasturlash tillarida qabul qilinganidek, vergul orqali emas, balki nuqta
orqali ajratiladi. Son tartibini mantisadan ajratish uchun ular orasiga ye belgisi
qo’yiladi. “+” ishora sonlar oldiga qo’yilmaydi, “-” ishora esa qo’yiladi va uni unar
minus deb nomlanadi. Sonlarda belgilar orasiga probel (bo’sh joy) qo’yish ruxsat
etilmaydi.
Bundan tashqari sonlar kompleks bo’lishi mumkin:
z=Re(z) + Im(z)*i. Bunday
sonlar
Re(z) haqiqiy va
Im(z) mavhum qismga ega bo’linadilar. mavhum qism
kvadrat darajasi -1 ga teng bo’lgan, i va j ko’paytuvchilarga ega bo’ladi:
3i; 2j; 2+3i; -3.141i; -123.456+2.7e-3i.
Dostları ilə paylaş: