О‘zbekiston Respublikasining “Korxonalar tо‘g‘risida”gi qonuni korxonani
tashkil etish, rо‘yxatdan о‘tkazish, tugatish va qayta
tashkil etish tartibini
belgilaydi. Amaldagi qonunchilikka binoan korxona egasi yoki mehnat
jamoasining qarori bilan tashkil etilishi mumkin; monopoliyaga qarshi qonunlarga
muvofiq boshqa korxonani majburan ajratish natijasida; bir yoki bir nechta tarkibiy
bо‘linmani mavjud korxonadan ajratish natijasida, shuningdek boshqa hollarda.
Amaliyotda korxona faqat Nizom yoki faqat ta’sis shartnomasi asosida,
shuningdek, bir vaqtning о‘zida Nizom va ta’sis shartnomasiga asosan faoliyat
yuritish hollari mavjud.
Shuni qayd qilib о‘tish kerakki, korxonaning (huquqiy shaxsning) ta’sis
shartnomasi kelishuv asosida tuziladi, Nizom esa muassis (muassislar) tomonidan
tasdiqlanadi. Bitta ta’sischi tomonidan tuzilgan huquqiy shaxs shu ta’sischi
tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida faoliyat yuritadi.
Korxona Nizomi asosiy ta’sis hujjati bо‘lib,
unda korxonaning tashkiliy-
huquqiy shakli, nomi va manzilgohi, Nizom jamg‘armasining miqdori,
daromadlarining tarkibi va taqsimlanish tartibi hamda korxona fondlarini tashkil
qilish tartibi, korxonani tugatish va qayta tashkil qilish tartibi kо‘rsatilishi shart.
Boshqacha qilib aytganda, korxona
Nizomi uning huquqiy maqomini, huquq va
majburiyatilarini belgilab beradi.
Nizomda shuningdek, korxona faoliyat kо‘rsatuvchi soha va tarmoq,
atrof-
muhit va odamlar sog‘lig‘ini muhofaza qilish kafolati, boshqaruv shakli, hisobga
olish va hisobot tizimi ham aks ettirilishi lozim.
Korxona tо‘g‘ri va tо‘liq tayyorlangan Nizom
asosida mahalliy hokimiyat
organlarida rо‘yxatga olinadi, keyin esa о‘z muhriga ega bо‘lish va bankda hisob
raqami ochish huquqini qо‘lga kiritadi. О‘z muhri va hisob raqamiga ega
bо‘lmagan korxona, huquqiy shaxs hisoblanmaydi va mustaqil korxonalar qatoriga
kiritilmaydi.
Dostları ilə paylaş: