Journal of Advanced Research and Stability
ISSN: 2181-2608
www.sciencebox.uz/
50
“Prospects for improving the quality of modern continuing education”
Special Issue | 2022
davlat hokimiyati organlari – oliy qonun chiqaruvi, ijro etuvchi va sud hokimiyati federatsiya
va subʼektlar miqyosida ikki pog`onali bo`ladi;
federatsiya va uning subʼektlari vakolatlari konstitutsiyasida, ittifoq shartnomasi yoki o`zaro
vakolatlarni chegaralash to`g`risidagi ikki tomonlama shartnomalarda belgilab qo`yilgan
bo`ladi;
federatsiya subʼektlari o`zlarining konstitutsiyalari va qonunchilik tizimiga, oliy qonunchilik,
ijro, sud hokimiyatlari tizimiga ega boʼladi;
federativ davlatda ittifoq fuqaroligi bilan bir qatorda subʼektlarning ham fuqaroligi bo`lishi
mumkin;
federativ davlat parlamenti asosan ikki palatali boʼlib, yuqori
palata asosan federatsiya
subʼektlarining manfaatlarini ifodalaydi, himoya qiladi;
tashqi siyosat, qurolli kuchlarga yagona qo`mondonlik, mudofaa, moliya,
soliq tizimlariga
rahbarlikni asosan federal davlat organlari amalga oshiradi.
Konfederatsiya bir necha davlatlarning ayrim muhim sohalar, ya’ni iqtisodiy, siyosiy, mudofaa
masalalari bo`yicha tuzgan ittifoqidir. Konfederatsiyada yagona davlat hududi, yagona fuqarolik
bo‘lmaydi. Konfederatsiya bu to`la mustaqil davlatlarning ayrim sohalar bo`yicha tuzadigan
ko`ngilli ittifoqidir. Konfederatsiya davlat tuzilish shakli hisoblanib, u shartnoma yoki bitim aso-
sida tuziladi hamda muvaqqat xarakterga ega bo‘ladi. Ular
keyinchalik asosiy maqsadga
erishganidan so`ng tarqalib ketishi yoki tuzilgan ittifoqni mustahkamlab federatsiyaga o`tishi,
yoxud qo`shilib unitar davlat bo‘lib ketishi ham mumkin.
Konfederatsiyaning federatsiyadan farqi shuki, federatsiya alohida davlatlarning yagona davlatga
birlashish borasidagi ittifoqi bo‘lsa, konfederatsiya mustaqil davlatlarning cheklangan
sohalardagi ittifoqidir, ya’ni konfederatsiya subyektlari birlashish jarayonida o`z
mustaqilligini
saqlab qoladi, federatsiya subyektlari esa, o`z suverenitetini federatsiya
idoralari ixtiyoriga
topshiradilar. Shuningdek, federatsiya qat’iy ravishda konstitutsiya
asosida birlashsa,
konfederatsiya taraflarning o`zaro kelishuviga binoan shartnoma yoki bitim asosida birlashadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Saydullayev Sh.A. Davlat va huquq nazariyasi, – T., 2018.
2. Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi, – T., 2021
3. Islomov Z.M. Davlat va huquq nazariyasi, – T., 2007
4. Saidov A.H. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy huquqi - T., 2005.
5. https://studopedia.ru/3_125748_federativnoe-gosudarstvo-ponyatie-priznaki-vidi.html
6. https://studopedia.ru/3_125082_unitarnoe-gosudarstvo.html
7. https://zaochnik.com/spravochnik/pravo/teorija-gosudarstva-i-prava/konfederativnoe-
gosudarstvo/