Prospects for improving the quality of modern continuing education



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix11.12.2022
ölçüsü0,71 Mb.
#73855
  1   2   3


Journal of Advanced Research and Stability 
ISSN: 2181-2608 

www.sciencebox.uz/ 
48
“Prospects for improving the quality of modern continuing education”
 
Special Issue | 2022

 
Davlatning Tuzilish Shakllari: Unitar, Federativ Va Konfederativ 
Davlatlar 
O`narboyev Samandar Zayliddin o`g`li 
Toshkent davlat yuridik universitet 1-bosqich talabasi M.Najimov ilmiy maktabi a`zosi 
Аннотация: Mazkur maqolada davlatning tuzilish tushunchasi va shakllari: unitar, federativ 
va konfederativ davlatlar haqida yoritilgan 
Kalit so‘zlar: Davlat tuzilish tushunchasi, unitar, federativ, konfederativ, avtanomiya 
Muayyan bir davlatning ma'muriy hududiy tuzilishini o`rganishda ma'muriy hududiy tuzilish 
tushunchasi bilan birga davlat tuzilishi shakli tushunchasiga ham e'tibor qaratish lozim. Chunki, 
bu tushunchalar mazmunan bir-biriga bog`liq bo`lib, har doim biri ikkinchisini taqozo etib 
turadi.Davlat tuzilishi davlat shaklining muhim bir turi hisoblanadi. Davlat tuzilishi shu davlat 
oldida turgan vazifalar va maqsadalar bilan belgilanadi. 
Davlat tuzilishi shakliga qo`yidagi turli xil omillar ta'sir etadi: 
1) davlat va jamiyat oldida turgan iqtisodiy vazifalar
2) davlatdagi siyosiy kuchlarning o`zaro nisbati 
3) davlat hududida istiqomat qilayotgan aholining ko`p millatligi va o`zaro munosabati
4) davlat hududining katta yoki kichikligi ta'sir etadi. 
5) uzoq yillar davomida shakllangan tarixiy an'analar 
6) jamiyatdagi mavjud ijtimoiy ong 
Shunday qilib, davlat tuzilish shakli deganda, davlat hokimiyatining ma'muriy-hududiy 
uyushuvi, davlat va uni tashkil etgan hududlarning, ayrim qismlarning, markaziy va mahalliy 
idoralar orasidagi munosabatlarning tabiati tushuniladi. 
Tuzilish tarkibiga ko`ra davlatlar oddiy – unitar hamda murakkab federativ va konfederativ 
davlatlarga bo`linadi davlat tuzilish shakli nafaqat ommaviy hokimyat bilan, balki davlatning 
yana bir muhim hususiyati aholining tashkiloti bilan ham chambarchas bog`liqdir. 
Unitar (yagona, lot. “unus” – “bir” sozidan olingan) davlat oddiy tuzlishga ega yaxlit davlat 
bo`lib, to`la siyosiy birligi bilan boshqalardan farq qiladi. Unitar davlatlarning aksariyati 
muayyan ma`muriy bo`linish (tumanlar, viloyatlar, kantonlar)ga ega. Biroq mazkur davlat 
mustaqil qisimlar davlat suvereniteti alomatlariga ega emas. Bunday davlatlar oliy organlarining 
yagona tizimi hamda yagona qonunchilik mavjud bo`ladi. Unitar davlatning yaxshi tomoni 
shundaki, uning tuzilishi sodda bo`lib, oliy hokimyat to`laligicha uning rasarrufida bo`ladi. 

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin