Prospects for improving the quality of modern continuing education



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix11.12.2022
ölçüsü0,71 Mb.
#73855
1   2   3
Unitar davlatga xos belgilar: 
 qonunchilik, ijroiya va sud hokimiyati organlari yagona tizimining mavjudligi; 
 yagona konstitutsiya, qonunchilik, soliq, moliya tizimlarining mavjudligi; 
 yagona fuqarolikning joriy etilganligi; 
 barcha tashqi munosabatlar markaziy organlar tomonidan amalga oshirilishi. 


Journal of Advanced Research and Stability 
ISSN: 2181-2608 

www.sciencebox.uz/ 
49
“Prospects for improving the quality of modern continuing education”
 
Special Issue | 2022

 
Unitar davlatlarga Daniya, Norvegiya, Shvetsiya, Fransiya, Italiya, Ukraina kabi oddiy tarkibiy 
tuzilishga ega davlatlar misol bo‘la oladi. 
Bundan tashqari , ba`zi unitar davlatlarda bir yoki bir necha hududiy bo`linmalarga boshqalardan 
imtiyozliroq huquqiy maqom berilishi mumkin. Bunday unitar davlatlar nisbiy ma`muriy 
mustaqil muxtoriyat (avtonomiya)ga ega bo`ladi. 
Avtonomiya – yunoncha “o`zim qonun” ma`nosini anglatadi. Bu davlatning shanday bir 
bo`lagiki, o`z ichki masalalarini o`zi hal qilish huquqiga ega, u bir davlat tarkibida yashovchi 
xalqlarning soni va iqtisodiy rivojlanishdagi notekislik oqibatida yuzaga keladi. 
Biroq avtonom tuzilmalarda o`zini – o`zi boshqarish huquqi boshqa aholiga nisbatan kengroq 
bo`lsada, ularning mustaqilligi markaziy hokimyat belgilgan doiradagina mavjud bo`ladi. 
Unitar davlatdagi avtonomiya bilan fegeratsiya tarkibidagi avtanomiyani farqi bor. Unitar 
davlatdagi avtonomiyada vakolat markazdan quyiga berilsa, federatsiyada aksincha, 
subyektlardan federatsiyaga beriladi. 
Federativ davlat (lotincha «foederare» so`zidan olinib, «ittifoq bilan mustahkamlash» 
ma’nosini anglatadi) murakkab davlat demakdir. Federativ davlat – teng huquqli respublikalar, 
shtatlar, kontonlar va boshqa davlat tuzilmalarining ixtiyoriy birlashuvi asosida tashkil topadi. 
Federativ tuzilishga ega bo`lgan davlat – bu mustaqil bo`lgan bir necha davlat tuzilmalarining 
ixtiyoriy asosda birlashgan yagona ittifoqi. Federativ davlatning milliy, hududiy (АQSh, 
Meksika, Hindiston) va milliy-hududiy (Rossiya Federatsiyasi) shakllari mavjud. 
Hududiy federatsiya mamlakatni hududiy belgisi bo`yicha taqsimlash prinsipiga asoslangan. Bu 
qoidaga ko`ra, hududi juda katta bo`lgan davlatlarda, boshqaruvni osonlashtirish maqsadida 
federatsiya tuziladi. Federatsiyaning ushbu turini tashkil etuvchi davlat tuzilmalari suveren 
bo`lmaydi. Subyektlar xalqaro munosabatlarda bevosita ishtirok etish huquqidan konstitutsiya 
bilan mahrum etilgan bo`lib, ularning ittifoqdan bir tomonlama chiqishi taqiqlangan. Qurolli 
kuchlarni ittifoq idorasi boshqaradi. AQSh, Braziliya, Meksika hududiy federatsiyalarga misol 
bo`ladi.
Milliy federatsiyalarda subyektlar, ularda yashovchi millatlar mustaqilligi asosida tuziladi. 
Qoidaga ko‘ra, milliy federatsiya mustahkam tuzilma bo`lib hisoblanadi. Milliy federatsiyanng 
asosiy xususiyati ko`ra, federatsiya subyektlari – milliy davlatlar va milliy davlat tuzilmalaaridan 
iborat bo`lib, ular asosan subyektlarning ixtiyoriylik prinsipiga muvofiq birlashadilar. Katta va 
kichik millatlar suvereniteti kafolatlanadi hamda oliy davlat idoralari federatsiya subyektlarining 
vakillaridan tashkil etiladi. Mazkur federatsiyaga birlashgan barcha millatlar o`z taqdirini o`zi 
belgilash huquqiga ega bo‘ladilar. Sobiq Yugoslaviya Ittifoq Respublikasi (Serbiya va 
Chernogoriyaning ittifoqi edi), Chexoslovakiya (1993-yilda Chexiya va Slovakiyaga ajralib 
ketgan) ittifoqlari milliy federatsiyalarga misol bo‘ladi oladi. 
Milliy-hududiy federatsiyalar federatsiyalarning alohida turi hisoblanib, ittifoqni shakllantirish 
asosida ham milliy, ham hududiy prinsip yotadi. Milliy-hududiy federatsiyalarga: Rossiya 
Federatsiyasi (72 subyekt, ularda yashovchi millatlar, xususan, subyektda ko`pchilikni tashkil 
etmaydigan millatlar asosida tashkil topgan hamda asosan rus aholisi istiqomat qiladigan 57 
subyekt – hududiy tuzilmadan iborat); Germaniya (aholisi, o`tmishda nemis millatiga yaqin 
bo`lgan aholidan iborat 16 hududiy tuzilma – yerlardan iborat). 
Federativ davlatning umumiy belgilari: 
 federatsiya hududi uning alohida subʼektlari (shtatlar, kantonlar, respublikalar, o`lkalar va 
boshqalar) hududlaridan tashkil topgan bo`ladi; 



Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin