YERGA EKIN EKISHDAN OLDIN VA KEYIN ISHLOV BERISH.
QISHLOQ XO’JALIK EKINLARINI EKISH USULLARI
Reja:
1. Qishloq xo’jalik ekinlarini ekishdan oldin yerlarni tekislash. Tekislash usullari:
joriy, qisman va asosiy tekislash.
2. Ekish oldidan tuproqqa ishlov berish: Qatqaloqni yumshatib, tuproqda nam
saqlash; yumshoq qatlam hosil qilish; urug’larning qiyg’os unib chiqishi uchun
sharoit yaratish; begona o’tlarga qarshi kurash.
3. Yerni ekin ekkandan keyin ishlash. Qator oralari ishlanadigan ekinlarga ishlov
berish. Yoppasiga ekilgan kuzgi va bahorgi ekinlarga ishlov berish.
4. Qishloq xo’jalik ekinlarini ekish usullari, qishloq xo’jalik ekinlarini o’z
vaqtida
va sifatli ekishning ahamiyati. Ekish muddat- lari, ekish chuqurligi, urug’ ekish
meyori va o’simliklarni oziqlanish maydoni.
1. Qishloq xo’jalik ekinlarini ekishdan oldin yerlarni tekislash.
Tekislash usullari: joriy, qisman va asosiy tekislash.
Sug’oriladigan yerlarni tekislash suv, mineral o’g’it va qishloq xo’jalik
texnikalaridan samarali foydalanishning asosiy shartlaridan biridir.
Yaxshi tekislanmagan yerlarda suv bir xil taqsimlanmaydi. Suv
isrofgarchiligi 2 - 3 barovar ko’payadi, tuproqlarni botqoqlanishi va sho’rlanishi
kuchayadi, mineral o’g’itlardan foydalanish darajasi past bo’ladi. Sug’oriladigan
yerlar yaxshilab tekislanganda, dalalar teng taqsimlanib, tuproqqa bir vaqtda sifatli
ishlov
berishga erishiladi, undagi tuproq bir tekis namiqadi, sug’orish
meyori
kamayadi, sug’orish shaxobchalarini qurish bilan bog’liq ishlarning hajmi
kamayadi, qishloq xo’jalik ishlarini mexanizasiyalashtirish imkoni ko’payadi,
sug’orish ishlariga
kam mehnat sarflanadi, hosil ortadi.
Yaxshi tekislangan yerlarda suvchining ish unumdorligi kuniga 2-3 gektarni
tashkil etsa, tekislanmagan yerlarda bor-yo’g’i 0,5-0,8 gektarni tashkil etadi.
Yerlarni tekislash, yangi va sho’rlangan yerlarni o’zlashtirish hamda yerlarni
meliorativ holatini yaxshilash, qishloq xo’jaligi ekinlaridan
yuqori hosil olish
garovidir.
Ekin maydonidagi baland joylar tuprog’ini uning past joylariga keltirib
to’kish, yani
undagi past balandliklarni, o’nqir-cho’nqir joylarni yo’qotish yo’li
bilan shu maydon yuzasida malum nishab yaratish (yoki unda gorizontal yuza hosil
qilish)
yer tekislash deyiladi.
Yer tekislashda bajariladigan tuproq ishlari hajmiga bog’liq holda,
tekislashni uch usulga ajratish mumkin.
a) asosiy (kapital) tekislash;
b) qisman tekislash;
v) joriy tekislash.