36
suyuqlikning o‘zaro harakatlanishi termosifon, ya’ni issiq va sovuq
suyuqliklar zichligining farqi tufayli tabiiy ravishda bo‘ladi. Tizimdagi
suyuqlik haroratini bilish uchun silindrlar kallagiga datchik o‘rnatilgan
va unga termometr ulangan. Dvigatelning normal issiqlik rejimida
ishlashi uchun slindrlar kallagi g‘ilofidagi sovituvchi suyuqlikning
harorati 80…1000S bo‘lishi kerak. Dvigatelni tez qizdirish uchun,
ayniqsa uni birinchi yurgazilganda, sovitish tizimiga termostat 2
o‘rnatiladi. Dvigatel yurgazilganda g‘ilofdagi sovituvchi suyuqlikning
harorati past bo‘lganligi sababli termostat klapani yopiq bo‘lib,
g‘ilofdagi suyuqlik o‘tkazuvchi kanal orqali nasosga qaytadi.
Bunda suyuqlik kichik doira bo‘yicha aylanishi, ya’ni radiatorga
bormaganligi sababli u tez qiziydi, natijada dvigatelning qizishi ancha
tezlashadi. Suyuqlik harorati 80…850S dan ortganda termostat klapani
ochila boshlaydi, shunda suyuqlikning ma’lum miqdori radiatorga,
ma’lum miqdori esa suv nasosiga o‘ta boshlaydi. Keyinchalik
suyuqlikning harorati 85-950S larga borganda termostat klapani to‘liq
ochiladi, shunda suyuqlik asosan radiatorga yuboriladi. Shu tarzda,
dvigatelning harorat rejimi ma’lum oralida avtomatik rostlanib turadi.
Dvigatelning optimal harorat rejimini saqlash, asosan radiatordan
o‘tayotgan havo oqimining jadalligini (intensivnost) o‘zgartirish bilan
erishiladi. Jalyuza yordamida radiatordan o‘tayotgan havo miqdorini, shu
bilan birga sovitishni jadallashtirilishini (intensivnost) rostlab turiladi.
Havo oqimining radiatordan o‘tish tezligini, ventilator 6 yana ham
oshiradi. Ba’zida ventilator, dvigatelning harorat rejimi me’yoridan
ortgandagina ishga tushadigan qilib ishlanadi. Ayrim dvigatellarda esa
ventilatorning aylanishlar chastotasi sovituvchi suyuqlikning haroratiga
qarab avtomatik ravishda o‘zgarib turadi. Suyuqlik, sovitish tizimiga
radiatorning yuqorigi bo‘g‘izidan quyiladi, so‘ngra bo‘g‘iz qopqoq bilan
zich berkitiladi Ba’zi avtomobil dvigatellarida suyuqlik sovitish tizimiga
kengayish bakchasi orqali quyiladi. Tizimni suyuqlikdan bo‘shatish
uchun radiatorning pastki bakchasiga jo‘mrak 5 o‘rnatilgan.
Dostları ilə paylaş: