33
Gidrokompensatorning ishlashi: Klapan yopiq holatda bo‘lganda
turtkich 5 (23-rasm, plunjerning prujinasi 11 ta’sirida taqsimlash valining
mushtchasiga, gilza 7 esa klapan sterjeniga 3 tiralib turadi. Shunda A va
B bo‘shliqlaridagi moyning bosimi bir xil bo‘lib, teskari klapan 8 prujina
9 ta’sirida o‘z o‘rindig‘iga tiralgan bo‘ladi. Klapanning ochilishida
taqsimlash valining mushtchasi turtkichni 5 pastga surib plunjerga 6
ta’sir etadi. Plunjerning gilza ichida pastga surilishi natijasida B
bo‘shlig‘idagi moyning bosimi ortadi. Shunda moy, bosim ta’sirida gilza
bilan plunjer oralig‘idagi radial tirqishdan turtkich bo‘shlig‘iga V oz
miqdorda sizib o‘tadi.
Ishlash davomida mushtchaning klapanga ta’sir etish
vaqti juda
qisqa bo‘lgani uchun moyni qisman V bo‘shlig‘iga sizib o‘tishi amalda
turtkich bilan gilzaning birgalikda yaxlit bo‘lib ishlashiga, ya’ni
klapanning o‘z vaqtida ochilishiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Demak, klapan
qiziganda sterjenining uzayishi moyning B bo‘shlig‘idan V bo‘shlig‘iga
sizib o‘tishi hisobiga bo‘ladi. Klapanning yopilgan fazasida B
bo‘shlig‘idagi bosim A bo‘shlig‘idagiga nisbatan pasayadi.
Shunda
bo‘shliqlarda vujudga kelgan bosimning farqi
tizimdan kelayotgan moy
hisobiga yo‘qotiladi. Ya’ni A bo‘shlig‘idan B bo‘shlig‘iga, bosimning
farqi ta’sirida ochilgan teskari klapan 8 orqali moy o‘tadi
va u yerdagi
moyning kami to‘ldiriladi. Natijada klapan yuritmasida
doimo tirqishsiz
holat ta’minlanadi.
a) b)
23-rasm. Gidrokompensatorning ishlash sxemasi:
a-klapan ochilganda;
b-klapan yopilganda; A-plunjer bo‘shlig‘i; B-gilza bo‘shlig‘i;
V-turtkich bo‘shlig‘i. 1-taqsimlash valining mushtchasi; 2-silindrlar
blokining
kallagi; 3-klapan sterjeni; 4-moy kanali; 5-turtkich; 6-plunjer; 7-gilza; 8-teskari
klapan; 9- teskari klapan prujinasi; 10- teskari klapan stakani; 11-plunjer prujinasi.