Ba’zan yuqori darajada puxta bo’lgan qurilmani yaratish maqsadga muvofiq
bol’masligi mumkin, bunga sabab uning ma’naviy
eskirishi va unga qilingan
xarajatning bir qismini oqlamasligidir.
Puxtalik ko’rsatkichlarini ma’lum miqdordagi buyumlarni stendlarda
sinovdan o’tkazish yoki haqiqiy ekspluatatsiya jarayonida
kuzatishlar olib borish
orqali aniqlanadi.
Ta’mirlanmaydigan buyumlarning puxtalik ko’rsatkichlarini aniqlash uchun
n dona buyumdan iborat gruppani sinovdan o’tkaziladi. Bunda
t
1
,
t
2
,…
t
i
vaqtning bir xil intervalidagi ishlamay qolishlar soni
m
1
,
m
2
,…
m
i
ni royhatga
olinadi. Sinov davomida ishdan chiqqan buyumlar yangisi bilan almashtirilmaydi.
Ta’mirlanuvchi buyumlar (sovitish
mashinalari, apparatlar, kompressorlar)
ayrim birikmalari almashtirilgandan so’ng
ishlashni davom ettiradilar, shuning
uchun butun sinov vaqti davomida
buyumlar soni n o’zgarmaydi.
Sovitish qurilmalarining ishdan chiqmasligining asosiy ko’rsatkichlari:
nuqsonsiz ishlash vaqti (narabotka na otkaz); nuqsonlar oqimining parametri
(ta’mirlanuvchi qurilmalar uchun); nuqsonlar intensivligi (ta’mirlanmaydigan
qurilmalar uchun).
Nuqsonsiz ishlah vaqti – o’rtacha nuqsonsiz ishlash vaqtini aniqlaydi,
buyumlarning ishlash vaqti yig’indisini nuqsonlar umumiy
soniga nisbati orqali
statistika ma’lumotlariga ko’ra aniqlanadi.
Sovitih mashinalari kompressorlarining normativ nuqsonsiz ishlash vaqti
(1000 soat): vintli – 3,5; unumdorligi 116 kVt dan yuqori bo’lgan ammiakli – 2,3;
unumdorligi 116 kVt gacha bo’lgan ammiakli – 5,4; unumdorligi 36
kVt gacha
bo’lgan freonli - 10,3.
Dostları ilə paylaş: