Buxoro muhandislik texnologiya instituti



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/34
tarix13.12.2022
ölçüsü1,53 Mb.
#74312
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
intellektual tizimlar fanining ekspert tizimlar bolimi bojicha elektron modul yaratish

Xulosa. 
 
Biz ushbu bitiruv malakaviy ishimizda “Intellektual tizimlar” fanining “Ekspert 
tizimlar” bo`limi bo`yicha elektron modul ishlab chiqdik. Ushbu elektron modulni 
yaratish uchun predmet soha chuqur tahlil qilinishi va tahlil asosida ET ning mantiqiy 
loyihasi yaratildi. Tahlil qilish uchun eng avvalo tahlil nima ekanligiga qisqacha 
to`xtalib o`tsak: 
Tahlil, tarqatish, yozish, tekshirish, surishtirish, hal qilish, ochish degan 
ma`nolarni bildirsada, unga quyidagicha munosabat bildirish mumkin: 
Tahlil, murakkab tafakkur operatsiyasi hisoblanib, uning yordamida predmet 
va jarayonlar (hodisalar) aniq o`lchov birligiga ega bo`lgan usullar vositasida yaxlit 
tarzda yoki alohida qismlarini turli belgi va xususiyatlari bo`yicha aloqadorlik 
darajasini belgilab beradi.
Tahlil tushunchasi quyidagi tasniflarga ega:
1. Narsa, hodisa va shu kabilarni mohiyat, qonuniyat va boshqa jihatlardan tekshirish, 
o`rganish ishi; 
2. Biror narsa, ma`lumot va shu kabilarni ma`lum nuqtai nazardan o`rganish, 
baholash; 
3. Biror narsaning tarkibini belgilash va uning mohiyatini tadbiq etish.
Elektron modulni tayyorlash quyidagi bosqichda amalga oshirildi: 
1. Elektron modul uchun kerak bo`ladigan barcha ma`lumotlarni yig`ildi, 
qayta ishlandi va guruhlandi.
2. Moodle tizimini, iSpring dasturlari o`rnatilib, elektron modul ssenariysini 
tayyorlandi.
3. iSpring dasturida turli test topshiriqlari tayyorlandi. 
4. Qayta ishlangan va tayyorlangan ma`lumotlar Moodle tizimiga `lumotlar 
joylashtirildi. 
5. Tayyorlangan elektron modul «Intellektual tizimlar» fanini o`qitishda, 
bundan tashqari barcha qiziquvchilar foydlanishlari mumkin. 


FIO 
Imzo
“Intellektual tizimlar” fanining “Ekspert tizimlar” 
bo`limi bo`yicha elektron modul yaratish.
bet 
Rahbar Nurullayev M.M.
Talaba 
Najmiddinov J.R. 
Shuningdek, “Intellektual tizimlar” fani darslarida o`qitishning zamonaviy 
shakl va metodlaridan foydalanish talabalarning har tomonlama bilimdon va tarbiyali 
shaxs bo`lib yetishuvida katta ahamiyatga ega. Darslarda o`qitishning zamonaviy 
shakl va metodlaridan foydalanish jarayonida ta`limning samaradorligini ta`minlash 
uchun talabalar faolligini inobatga olish zarur. O`qituvchi talabalar bilan ishlaganda 
uning shaxsi, qobiliyati, imkoniyati, qiziqishlari, aqliy va ruhiy faollik darajasini 
puxta bilishi kerak. Shu sababli o`qitishning zamonaviy shakl va metodlaridan 
foydalanishning pedagogik va nazariy asoslarini metodik jihatdan tahlil qilib 
quyidagi xulosaga keldik: 
1. 
Talaba nafaqat o`qitiladi, uni mustaqil o`qishga o`rgatiladi; 
2. 
Talabalarga bilimlar tayyor holda berilmaydi, bilimlarni asosiy manbalardan, 
internetdan mustaqil ravishda ola bilish, to`plash, qayta ishlash va kundalik 
faoliyatlarida foydalana olishga o`rgatilinadi; 
3. 
Darslik, qo`llanmalarni mustaqil mutoala qilish, ko`nikma va malakalarini 
shakllantirish; 
4. 
Talabani o`z fikrini bildira olish, himoya qila olish, isbotlashga odatlantirish; 
5. 
Har bir o`qituvchi o`zi o`tayotgan mavzuga talabalarni to`laqonli darajada 
qiziqtira olishlari lozim; 
6. 
Har bir dars uchun maqsadlar aniq belgilanib olinishi shart; 
7. 
Har bir dars zamonaviy pedagogik texnologiya asosida o`tilishi lozim; 
8. 
Har bir dars uchun alohida to`rt xil murakkablik darajasidagi nazorat
topshiriqlari tuzilishi kerak; 
9. 
Darsni talabalar bilimidan kelib chiqqan holda tashkil etish lozim; 
Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, darslarda o`qitishning zamonaviy shakl va 
metodlarini qo`llash talabalarning ongli, tez, teran fikrlashlarida katta rol o`ynaydi. 
Shuningdek o`qituvchilar pedagogik texnologiyalarni o`zlashtirib, o`z faoliyatlarida 
amaliyotda unumli qo`llay olsalar ta`limni, sifat va samaradorligiga erishish, 
raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni kafolatlash imkoniyatiga ega bo`lamiz. 
 


FIO 
Imzo
“Intellektual tizimlar” fanining “Ekspert tizimlar” 
bo`limi bo`yicha elektron modul yaratish.
bet 
Rahbar Nurullayev M.M.
Talaba 
Najmiddinov J.R. 

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin