Texnologiya darslari samaradorligini oshirishda axborot-kommun ikatsion texnologiyalaridan



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix13.12.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#74366
1   2
508-Текст статьи-1481-1-10-20220119

Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2021 йил №6)
ISSN 2181-1709 (P)
252
Education and innovative research 2021 y. №6
ikkilanmay qo‘llay olishga tayyorlashga yordam beradi. Umumta’lim maktablarda 
dars jarayonida axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib dars 
jarayonlarini tashkil etish orqali, o‘qituvchi tomonidan dars uchun qo‘yilgan 
maqsadga erishish va o‘quvchiga darsni o‘zlashtirish osonlashadi. Bu esa qisqa 
vaqtda ko‘p narsaga, dars samaradorligini oshirish erishish imkonini beradi.
Ta’lim sohasidagi ilmiy-pedagogik adabiyotlarda texnologiya, pedagogik 
texnologiya, texnologik yondoshuv, ta’limni texnologiyalastirish, texnologik 
tayyorgarlik haqida so‘z yuritilib, ularga turlicha talqin va ta’riflar beriladi. 
Avvalo, “texnologiya” so‘zining ma’nosini bilish maqsadga muvofiq. 
“Texnologiya” so‘zining grek tilidan tarjimasi tayyor mahsulot, buyumlar olish 
maqsadida ishlab chiqarishning mos keladigan qurilma va jihozlari bilan xom-
ashyo va materiallarini ishlov berish usullari majmuasini tizimlashtiruvchi fanni 
anglatadi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, ba’zida uni “texno” - hunar yoki san’at, 
“logos” – fan deb, buyum olish uchun xom-ashyolarga ishlov berish san’ati 
haqidagi fan sifatida e’tirof etishadi. 
O‘quvchilarni texnologiya darslarida texnik ijodkorlikni, qobiliyatini, 
tafakkurini rivojlantirish, dars jarayonida turli va tabiiy hamda metall va 
metallmas materiallarga texnologiya asosida ishlov berish usullarini o‘rgatish 
orqali kasb-hunarga yo‘naltirishni yanada kuchaytirish, xalq hunarmandchiligi 
asoslari, ro‘zg‘orshunoslik, elektrotexnika ishlarini bajarishda kasb-hunarga 
yo‘llash bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash hamda ularni 
hayotda qo‘llay olish layoqatini shakllantirish ko‘zda tutilgan.O‘quvchilarni 
texnologiya fanini to‘liq o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy 
usullaridan foydalanish, yangi information pedagogik texnologiyalarni tadbiq 
qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va 
uslubiy qo‘llanmalar, tarqatma materiallar, elektron materiallar, virtual stendlar 
hamda ishchi holatdagi mashinalarning ishlab chiqarishdagi namunalari va 
maketlaridan foydalanilanish, texnologiya faniga oid televizor, radioda berilgan 
eshittirishlarni ko‘rish, o‘rganilgan ish usullarini bajarish, jurnal va gazetalarda 
berilgan ma’lumotlarni o‘rganib borish, texnologiya faniga oid atamalarni 
topishda media vositalardan foydalanib, didaktik topshiriqlarni bajarish axborot 
manbalaridan (televizor, radio, audio-video yozuv, telefon) foydalana olish; 
fayllarni ochishda media-madaniyatga rioya qilish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Mazkur fanni o‘qitish jarayonida ta’limning zamonaviy axborotkommunikatsiya 
texnologiyalaridan foydalanganimizda fan bo‘yicha o‘tkaziladigan amaliy 
mashg‘ulotlarda zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida taqdimotlar 
namoyish qilganimizda o‘quvchilar ko‘rish orqali chuqurroq tasavvur va bilimga 
ega bo‘ladilar.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida texnologiya o‘quv fanini o‘qitishning 
asosiy maqsadi – o‘quvchilarda texnik-texnologik hamda texnologik jarayon 
davomida bajariladigan operatsiyalar yuzasidan olgan bilim, ko‘nikma va 
malakalarini mustaqil amaliy faoliyatida qo‘llash, kasb-hunar tanlash, milliy 
va umuminsoniy qadriyatlar asosida ijtimoiy munosabatlarga kirisha olish 
kompetensiyalarini shakllantirishdan iborat.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida texnologiya o‘quv fanini o‘qitishning 
asosiy vazifalari:


Образование и инновационные исследования (2021 год №6)
ISSN 2181-1717 (E)
253
http://interscience.uz
materiallar va ularning xossalari, xususiyatlari hamda texnik obyekt va 
texnologik jarayonlarga oid ma’lumotlarni o‘rganish;
texnik obyekt hamda texnologik jarayonlarda maxsus va umummehna 
operatsiyalarini bilish;
texnologik jarayonlarni boshqarish, maxsus va umummehnat 
operatsiyalarini amaliyotda qo‘llay olish;
texnik va kreaktiv fikrlashni, intellektual qobiliyatlarini shakllantirish;
texnologik jarayon va tayyorlangan mahsulotlarni bajarish ketma-ketligi 
hamda mahsulot sifatini tahlil qila olish;
buyum va jarayonlarni bajarishga oid xulosalar chiqarish hamda mehnat 
operatsiyalarini, mahsulot sifatini baholay olish;
ongli ravishda kasb tanlashga tayyorlash ishlarini amalga oshirishda 
tayanch va texnologiya faniga oid kompetensiyalarni shakllantirish hamda 
rivojlantirishdan iborat. 
Bizningcha texnologiya darslarida axborot komunikatsion
texnologiyalaridan foydalanish katta ijobiy natija beradi. Chunki oldin 
o‘quvchilarga texnologiya darslarida amaliy mashg‘ulotlar jarayonida buyumlar 
tayyorlash jarayonini o‘qituvchi tomonidan birma-bar namoyish qilib berilar edi, 
bu ortiqcha vaqt sarflanishiga, ayrim paytlarda o‘qituvchining qayta ko‘rsatib 
berishiga ham to‘g‘ri kelar edi. Bugungi kunda esa axborot komunikatsion 
texnologiyalaridan foydalanib tasvirga olingan mehnat operatsiyalarining 
videodarslarini o‘quvchilarga havola etib, o‘quvchilar ishini o‘qituvchi 
tomonidan bemalol nazorat qilish imkonini beradi, o‘quvchilarning bilim 
darajalarini sezilarli darajada oshirishga imkon beradi.
Axborot komunikatsion texnologiyalaridan foydalanishning yana bir 
ahamiyatli tomoni shundaki, o‘quvchilarga malakali duradgorlar, chilangarlar, 
oshpazlar, tikuvchilar va turli sohadagi hunarmandlarimiz tomonidan bajarilgan 
o‘quv mashg‘ulotlari “Master klass” larni namoyish etish orqali ularda turli xil 
mehnat ko‘nikmalarini shakllantirish, kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini ham 
yaxshi yo‘lga qo‘yish imkoniyatini beradi. Biz yuqorida texnologiya darslarida 
axborot komunikatsion texnologiyalaridan foydalanishning ayrimlarini ko‘rsatib 
o‘tdik.
Xulosa qilib aytganda texnologiya darslarida axborot-kommunikatsion 
texnologiyalaridan keng foydalanilsa, o‘quvchilarda texnik-texnologik hamda 
texnologik jarayon davomida bajariladigan operatsiyalar yuzasidan olgan bilim, 
ko‘nikma va malakalarini mustaqil amaliy faoliyatida qo‘llash, kasb-hunar 
tanlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida ijtimoiy munosabatlarga 
kirisha olish kompetensiyalarini shakllanadi, texnologiya ta’limi darslari sifati 
samarali bo‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Texnologiya fani o‘quv dasturi (1-9-sinf). Toshkent. – 2017-yil.
2. Ishmuxamedov R.J., Yuldashev M. Ta’lim va tarbiyada innovatsion 
pedagogik texnologiyalar. – T.: Nihol nashriyoti, 2016. – 279-b.
3. Qo‘ysinov O.A., V.N. Sattorov, H.S.Yakubova. Mehnat ta’limidan amaliy 
mashg’ulotlarni tashkil etish metodikasi. (Metodik qo‘llanma). TDPU, 2011. – 
62-b.


Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2021 йил №6)
ISSN 2181-1709 (P)
254
Education and innovative research 2021 y. №6
4. Muslimov N.A. va boshqalar. Mehnat ta’limi metodikasi va kasb tanlashga 
yo‘llash.–T:. Sharq. 2014.
5. Diane Belcher, Ann M. Johns, Brian Paltridge. New directions in English 
for specific purposes research. The University of Michigan Press. 2011.
6. Sharipov Sh. Qo‘ysinov O., Abdullayeva Q. Texnologiya. 7-sinf darsligi. 
–T:. Sharq.– 2017-y.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin