o’zgarish jarayonini boshdan kechiradi. U rivojlanish va o’zgarishlar manbaini ko’radi: «Hamma narsa kurash orqali va zaruriyat tufayli yuz beradi. Har qanday hodisa o’zining qarama-qarshiligiga o’tadi: sovuq narsa issiq narsaga aylanadi , issiq narsa sovuq narsaga aylanadi, ho’l narsa quruq narsaga aylanadi , quruq narsa ho’l
narsaga aylanadi». Quyosh har lahzada yangilangani kabi, barcha hodisalar ham o’zgaradi. «Ayni bir daryoga ikki marta tushish mumkin emas: ikkinchi marta suvga tushayotgan odamga yangi suvlar oqadi». Geraklit sifat jihatidan bir-biriga zid bo’lgan hodisalar va jarayonlarni ko’radi: hayot va o’lim, uyg’oqlik va uyqu, yoshlik va qarilik va sh.k. «Eng toza va eng iflos dengiz suvi: baliqlar uchun u to’yimli va xaloskor , odamlar uchun esa u ichishga yaroqsiz va hayot uchun xavflidir». Ko’rib turganimizdek, qadimgi yunon faylasufi o’zgarishning umumiyligi va har bir xossaning qarama-qarshi holatga o’tishi narsalarning barcha sifatlariga nisbiy tus berishini , ya’ni Frakiyalik Demokrit degan faylasuf Geraklit fikriga e'tiroz bildirgan , bizni qurshab turgan hamma narsa ko`zga ko'rinmaydigan maydamayda zarralar — atomlardan tashkil topgan degan ma'nodagi fikrni bayon etgan edi. Yunon faylasufi Diogen Insonda hech qanday ehtiyojlar bo`lmasligi shart degan fikrni o`z ta'limotiga asos qilib oldi. Hayotdagi barcha qulayliklardan voz kechgan Diogen bir bochkada kun kechirgan. Makedoniyalik Aleksandr undan: "Senga qanday yordam berishim mjimkin?" deb so`raganida, Diogen: "Nariroq