tursang-chi , quyoshni to`sib qo`yding!" deya kinoya qilgan ekan. Qadimgi yunon olimi Aristotel to`plangan bilimlarni alohida tarmoqlarga ajratdi va ularni mustaqil fanlar sifatida ta'riflab berdi. Aristotelni Sharqda «Arastu» deya aytish keyinchalik odatga aylangan.muayyan holatlarga bog’liq qilib qo’yishini qayd etadi.
Barcha zamonlarda olimlar ilmiy masala yechimini topgan yunon fizigi va matematigi Arximedning "Evrika!" (Topdim, topdim!") qiyqirig`ini takrorlab yurishadi. Ehtimol, bu bir afsonadir, ammo yunonlar to`la ishonch bilan Arximed ko`zgular tizimidan foydalanib yorug`likni bitta yo`nalishga jamlagani va yunonlar ustiga hujum qilib kelayotgan rimliklarning kemalarini yondirib yuborgani haqida hikoya qilib berishadi. Arximed richag qonunini ishlab chiqdi va mashhur bo`lib ketgan bir iborani aytdi: "Menga tayanch nuqtasini topib bering , Yerni o`z o`qidan chiqarib yuboraman!" Arximed boshi bilan ilm dengiziga sho`ng`igan olim timsoliga aylangan. Rimliklar uning jonajon shahri Sirakuzni bosib olganlarida qumda chizmalar chizgancha matematikaga oid bir masalani yechishga urinib o`tirgan ekan. Rimlik askar yetib kelganida: "Mening chizmalarimga qo'1 tekkizmagin!" deyishga ulgurdi, xolos: Arximedga nayza sanchilgan edi. Platon ham ijtimoiy muammolarni tahlil qilgan. U davlatning mohiyati va shakllarini shaxs , ayniqsa podshoning shaxsi nuqtayi nazaridan o‘rgangan. Uning fikricha, podsho haqiqatparvarlik , oqillik, mardlik, adolatparvarlik kabi fazilatlarga ega bo‘lishi lozim;