TShape - formada oddiy grafik obyekt (aylana, kvadrat ...)larni
namoyish
qiladi.
TBevel
- interfeysni relyefli bezash uchun xizmat qiladi
THeader – jadvallar uchun o‘zgaruvchan kenglikka ega bo‘lgan sarlavhalarni saqlaydi.
TScrollBox
- formada ekranga sig‘maydigan obyektlarni ko‘rsatish imkonini beruvchi
yo‘lakchalarni hosil qiladi.
Dialogs sahifasi
Dialogs sahifasida Windowsning standart muloqot oynalarini
chaqiruvchi komponentlar
joylashgan. Muloqot oynalarining tashqi ko‘rinishi Windowsning versiyasiga bog‘liq
bo‘ladi. Bu sahifadagi obyektlar dastur bajarilish vaqtida ko‘rinmaydi va mos muloqoyt
oynalarini dasturiy yo‘l bilan chaqirish kerak, masalan:
if OpenDialog1.Execute then
Image1.Picture.LoadFromFile(OpenDialog1.FileName);
Dialogs sahifasida Windowsning muloqot oynalari komponentlari
quyidagi tartibda
joylashtirilgan: - OpenDialog;
faylni tanlash - SaveDialog;
fayl saqlash - FontDialog;
shriftni sozlash - ColorDialog; rang tanlash - PrintDialog; chop qilish - PrinterSetupDialog;
printerni sozlash - FindDialog; satrni qidirish- ReplaceDialog; almashlab qidirish