Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 1326
w www.oriens.uz March 2022 6-maqsad: Davlat boshqaruvi tizimida ma’muriy apparatni ixchamlashtirish va
ish jarayonlarini maqbullashtirish.
7-maqsad: Mamlakatimizdagi islohotlarni izchil davom ettirishda Oliy Majlis
palatalari va siyosiy partiyalar rolini yanada oshirish.
8-maqsad: Norma ijodkorligi jarayonini modernizatsiya qilish, qonunchilik
hujjatlarining qat’iy ijrosini ta’minlash.
9-maqsad: “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish, elektron davlat
xizmatlarining ulushini 100 foizga yetkazish hamda byurokratiyani bartaraf etish.
10-maqsad: Davlat fuqarolik xizmati tizimini zamonaviy standartlar asosida
tashkil etish.
11-maqsad: Xalq bilan muloqotning mexanizmlarini takomillashtirish.
12-maqsad: Ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning tashkiliy-
huquqiy asoslarini takomillashtirish.
Bu yo‘nalish doirasidagi vazifalar o‘tgan besh yil davomida inson qadr-qimmati
va uning qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlarning
uzviy davomi bo‘ladi, ularni yangi pog‘onaga ko‘taradi. Xususan, Taraqqiyot
strategiyasi va uni 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ning 3-bandida
mahallaning “faol” modelini joriy etish hamda har bir fuqarolar yig‘inini aholi
muammolarini bevosita hal qilish, hududni rivojlantirish uchun zarur resurs va
imkoniyatlar bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan. Buning uchun kelgusida davlat
funksiyalarining katta qismi markazdan hududlarga o‘tkaziladi. Har bir mahallada
hokim yordamchisi lavozimi joriy etiladi. Tuman byudjeti qo‘shimcha manbalar bilan
ta’minlanib, mahallaning alohida jamg‘armasi shakllantiriladi. Markaziy idoralar
transformatsiya qilinib, ixcham va samarali boshqaruv tizimi yaratiladi, bir xil
yo‘nalishdagi vazifalarni amalga oshirayotgan idoralar optimallashtiriladi. Ijtimoiy-
iqtisodiy muammolarni hal qilishda fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari
vakolatlari kengaytirilib, ushbu maqsadda mahallaning alohida jamg‘armasi tashkil
etiladi. Bularning barchasi aholi muammolarini hal etishda sifat va samaradorlik
oshishiga olib keladi. Umuman, strategiyaning har bir ustuvor yo‘nalishi inson
qadrini ulug‘lashga xizmat qiluvchi vazifalarni qamrab olgan.
Zero, Prezidentimiz taʼkidlaganidek, — “inson qadri biz uchun qandaydir mavhum, balandparvoz tushuncha emas. Inson qadri deganda, biz, avvalo, har bir fuqaroning tinch va xavfsiz hayot kechirishini, uning fundamental huquq va erkinliklarini taʼminlashni nazarda tutamiz”.