Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 1325
w www.oriens.uz March 2022 Mazkur nutqda mamlakat rahbari kelgusi besh yil uchun ustuvor yo'nalishlarni
belgilab berar ekan, yurtimizda yashayotgan har bir fuqaroning huquq va erkinliklari,
qonuniy manfaatlari eng oliy qadriyat ekanligini alohida ta’kidlab o'tdi.
Ma’ruzaning e’tiborli jihatlaridan biri shundaki, Yangi O'zbekiston Taraqqiyot
strategiyasida birinchi o'ringa shaxs, inson qadri yuqori o'ringa qo'yilib, “inson –
jamiyat – davlat” degan yangi tamoyil asosida davlat va jamiyat boshqaruvini tashkil
etadi. Bir so'z bilan aytganda, amaliy natija, inson manfaati, uning qadr-qimmati bosh
maqsadga aylangan.
Tan olib aytish joizki, o'tgan besh yilda ijtimoiy sohani rivojlantirish borasida
qator tizimli islohotlar amalga oshirildi va ijobiy natijalarga erishildi, biroq shu bilan
birga mazkur sohada samarali mexanizmlarni yaratishga to'sqinlik qilayotgan qator
muammo va kamchiliklar ham yo'q emas. Kelgusi besh yilda bu borada ijtimoiy
yo'nalishdagi islohotlar alohida ahamiyatga ega, albatta.
O'tgan yillar mobaynida ijtimoiy sohada amalga oshirilgan ishlarga nazar
soladigan bo'lsak, ijtimoiy himoya va doimiy yordamga muhtoj shaxslar bilan
ishlashning “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” kabi yangicha ishlash
mexanizmi joriy etildi. Ijtimoiy nafaqa bilan ta’minlanadigan aholi soni qariyb 1,5
barobar oshirildi.
Qayd etilganidek, ushbu taraqqiyot strategiyasi yetti yo‘nalishdan iborat.
Birinchi yo‘nalish inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini
rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etishga qaratilgan. Inson qadrini
ulug‘lash, har kimning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini taʼminlash
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishiga aylandi.
Shuningdek, ushbu yo’nalishni amalga oshirish uchun quyidagi maqsad va vazifalar
belgilab berildi:
1-maqsad: Mahalla instituti faoliyatining samaradorligini oshirish, uni
jamoatchilik boshqaruvi va nazoratining tayanch bo‘g‘iniga aylantirish.
2-maqsad: Xalq deputatlari Kengashlarini hududlarda mavjud muammolarni hal
qilishdagi asosiy bo‘g‘inga aylantirish.
3-maqsad: Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining institutsional
asoslarini zamon talablariga moslashtirish.
4-maqsad: Davlat boshqaruvi organlari faoliyatini “fuqarolarga xizmat qilishga
yo‘naltirish” tamoyili asosida transformatsiya qilish.
5-maqsad: Ixcham, professional, adolatli, yuqori natijadorlikka xizmat qiladigan
davlat boshqaruvi tizimini joriy qilish.