Tarix o’qitish metodikasi


Fanlar aro va kurslar aro aloqa bog’lash



Yüklə 303,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/17
tarix16.12.2022
ölçüsü303,27 Kb.
#75419
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
tarix o\'qitish metodikasi

 
Fanlar aro va kurslar aro aloqa bog’lash 
(2 soat) 
 
Reja: 
 
1. Fanlar aro muammoning didaktik manosi 
2. Fanlar aro aloqa bog’lash mazmunining asosiy aspektlari 
3. Fanlar aro aloqa bog’lash uslublari. 
Adabietlar
1. Kobirov A, Sagdullaev A. O’rta Osie arxeologiyasi.T., 1990 


20
2. Sagdullaev A. O’zbekiston xalqlari tarixini urganishda arxeologiya materiallaridan 
foydalanish. T., 1994. 
3. Sadiev A. O’zbekiston xaqlari tarixini o’qitish.T., 1993 
4. Pospelov N, Pospelov İ. Formirovanie mıslitelnıx operatsii u starsheklassnikov.M., 19i9 
5. Huquq asoslari.T., 1995 
6. Zverev İ.D., Maksimova V.A. Mejpredmetnıe svyazi v sovremennoy shkole.M.,19i1 
1. Tizimi (sistematik) bilim, tushuncha va duneqarash, g’oyalarni shakllantirish uchun 
fanlar aro aloqa bog’lash zarur bo’ladi. Fanlararo aloqa bog’lash predmetlar uchun umumiy 
bulgan faktlar, tushuncha va g’oya, o’qish meh’natining ko’nikma va malakalarini 
shakllantirish bo’yicha o’rnatilishi kerak. Shuning uchun h’ar bir maktab (dars) 
predmetlarining faktik va nazariy materiallarining boshqa predmetlardagiga tug’ri keladigan 
tomonlarini h’isobga olish lozim. 
Predmetlar aro bog’lanishlarning umumiy nazariyasi tarixni, h’uquqshunoslikni, inson 
va jamiyat fanlarini o’qitish jaraenida katta amaliy ah’amiyatga ega. Bu predmetlar o’z-aro 
h’ar tomonlama yaqin bo’lib qolmasdan, ular boshqa predmetlar bilan h’am bog’lanishlarga 
ega bo’ladi. Tarix inson jamiyati h’aetining rivojlanishining h’ar xil bosqichlaridagi 
tomonlarini qarab chiqadi. Shuning uchun tarix kursida faqat gina gumanitar (ijtimoiy) emas, 
balki tabiiy-matematik tsikldagi predmetlar bilan bog’lanishtirishga ega bo’ladi. 
Masalan: ”Qadimgi Misr” mavzusida uni bog’lanishtirish mumkin bo’lgan predmetlar 
uslubiy qo’llanmalarda qo’yidagicha ko’rsatiladi: 
Tabiatshunoslik (IV sinf-”Er quesh va boshqa osmon jismlari. Kalendar), Geografiya 
(V sinf. Xarita-erning, relf formalarining shartli tasviri), Matematika (V sinf Joydardagi 
o’lchash). Tarix. (”Qadimgi Misr”). 
Tarixiy faktlar tarbiyaviy h’ususiyatiga ega. Uni shakllantirishda u bo’yicha jonli, 
obrazli tasavvur h’osil qilish kerak. Bunda predmetlar aro bog’lanishga erdam beradi. Tarixni 
ko’pincha adabiet va boshqa ijtimoiy fanlar bilan bog’lanishtirish mumkin. Masalan: 
O’zbekiston tarixi bo’yicha ”O’rta Osie xonliklarining XIX asrning oxiri XX asr boshidagi 
madaniyati” degan mavzuni o’zbek (tili) va qoraqalpoq xalqlari adabieti fani bilan 
bog’lantirish mumkin. Shuningdek ”Temuriylar davridagi madaniyat” mavzusida masalan 
Alisher Navoi poeziyasi adabiet fanidan h’am o’rin olgan. Bu mavzular orqali katta tarbiyaviy 
ah’amiyatga ega mazmun beriladi. Masalan: Navoi asarlaridagi odamiylik mavzusi:
”Odami ersang demagil odami, 
Onikim yo’qdir xalq g’amidan g’ami” 
”Odam borki odamlarning naxshidur, 
Odam borki, undan h’ayvon yaxshidur” . 
Shu kabi misollarni XIX asr-XX asro boshidagi qoraqalpoq adabieti bilan bog’lantirishda 
h’am foydalanish mumkin. Berdaq, Ajiniez, Kunxudja va boshqa shaxslarning ijodi h’am 
tarbiyaviy ah’amiyatga ega. 
”IX-XI sinflardagi madaniyat” mavzusida, uni jug’rofiya, adabiet predmetlari, 
shuningdek ximiya, biologiya bilan bog’lantirish mumkin. 
Har xil predmetlarini bog’lantirish o’qituvchidan katta bilimni talab qiladi. Ayniqsa 
mazmunlarini bog’lantirish juda murakkab. 


21
Birinchidan: predmetlar aro xarakterga ega bulgan tushunchaning (struktura) tuzilishi 
mazmuniy manosini aniqlash kerak. 
İkkinchidan: bu tushunchaning qanday belgilari bor ekanligini va o’rganilaetgan 
predmetlarda qanday h’ajmda qaraladiganliklarini bilish kerak. 
Predmetlar aro va kurslar aro bog’lanishlar keng umumiylashtirish uchun 
mumkinchilik ochadi. Shuningdek bunday bog’lanish ko’nikma va malakalarni 
shakllantirishda h’isobga va amalga oshiriladi. 
Har bir o’quvchi yillik o’quv davomida h’ar xil predmetlar mazmuni bo’yicha bilim 
to’plab qo’ymasdan, o’quv meh’natining malakasini shakllantiradi. 
3. Uslubiy adabietlarda predmetlar aro bog’lanishlarni amalga oshirishning asosiy 
uslublarini qo’yidagicha ko’rsatiladi: o’qituvchi tomonidan avval o’rganilgan faktlar, 
tushuncha va g’oyalarning eslatilishi, oldingi bilimlarga tayanishini talab etuvchi savol va 
topshiriqlarni qo’yish; umumiylashtiruvchi tablitsalar tuzish, boshqa predmetlarga tegishli 
bo’lgan manbalar asosida o’quvchilar tomonidan axborotlar va baenatlarinng tayerlanishi 
boshqa predmetlar bo’yicha daftarlardagi ezuvlarlardan tarix darsidan foydalanish. 
Shuningdek predmetlar aro va kurslar aro bog’lanishlarning o’rnatilishi 
o’quvchilarning uzlari tomonidan o’qituvchi qo’ygan savollar natijasida o’rnatish malum 
darajada samarali chiqadi. U shuningdek esda saqlashning rivojlanishini, bilimni 
umumiylashtirish, mantiqiy (logika) fikrlash kabi tomonlarini ochadi. 
Bunday bog’lanishda didaktik uslub ah’amiyatli. Bunda usulubda darslik matnlari va 
h’ujjatlar, boshqa predmetlar bo’yicha ko’rgazmali qullanmalar, o’quv kinofilmlaridan 
fragmentlar matnli va raqamli tablitsalar, badiiy h’unar asarlarining tasviriy sanat asarlarining 
reproduktsiyalari, daftar ezuvlari va h’okazalarni foydalanish amalga oshiriladi. Bularni 
qo’llanishda o’qituvchining ko’rsatmalari juda ah’amiyatli bo’ladi.

Yüklə 303,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin