aniqlaydi. Borliqni bilish jarayonida hosil qilingan hukmlar, tushunchalar,
xulosalar, farazlar (taxminlar) chiqarilgan qarorlar chin yoki chin emasligini
belgilab oladi. Inson mustaqil fikrlash orqali voqelikni umumlashtirib, bilvosita va
bevosita aks ettiradi, narsa va hodisalar o'rtasidagi ichki, murakkab bog'lanishlar,
munosabatlar, xossalar, xususiyat hamda muxanizmlarni anglab etadi. Sababi,
inson muayyan qonun, qonuniyat va qoidalarga asoslangan holda tabiiy, ijtimoiy
hodisa va voqealarni vujudga kelishi, kechishi, rivojlanishi hamda oqibatini
oldindan ko'rib turish imkoniyatiga egadirlar. Mustaqil fikrlash aqliy faoliyat
sifatida olib qaralganda, inson tomonidan masalalar, topshiriqlar echish nazarda
tutiladi. Ularning shartlari, mohiyati, tuzilishi, shakllari va shaxsning anglash
imkoniyatlari kuzatiladi. Masala, muammo, topshiriqlarni echish shaxsning
ehtiyoji, qiziqishi, mayli, qobiliyati, iste'dodi, salohiyati bilan bog'liq ravishda olib
qaraladi, ularning talablarni qabul qilish, muayyan qarorga kelish, vositalar qidirish
mustaqil fikr yuritishning mustahkam negizini tashkil qiladi.
Ijtimoiy hayotda, ta'lim jarayonida va ishlab chiqarishda shaxslararo
(ob'ektiv va sub'ektiv) munosabatlar, aloqalar, hamkorlikdagi aqliy va jismoniy
mehnat mahsuli, muomala, me'yori, mustaqil fikrlash majmuasi tariqasida yuzaga
keladi.
Jamoada tanqid, o'zini-o'zi tanqid qilish, o'zini-o'zi baholash, o'zini-o'zi
nazorat qilish, o'zini-o'zi tekshirish, o'zini-o'zi boshqarish, o'zini-o'zi rivojlantirish,
o'zini-o'zi namoyon qilish, o'ziga-o'zi buyruq berish, guruhiy mulohaza,
mushohadadan iborat mustaqil fikr yuritish sifatlari shakllanadi. Insonni inson
tomonidan idrok qilinishi, ya'ni notanish shaxsning ruhiy holatini aniqlash, taxmin
qilish eng zarur alomat va belgilarni to'plash ham mustaqil fikrlash mahsulidir.
Mazkur murakkab bosqichli bilish jarayoni insondan irodaviy zo'r berishni, aqliy
jiddiylikni, ongli munosabatni, barqaror vaziyatni, qulay shart-sharoitni talab
qiladi, muayyan xulosaga kelinadi.
Dostları ilə paylaş: