91
tavsiflaydi. Bu holatda tovarning hayotiylik davri firmaning tovar taklifiga bozor
reaksiyasining ideal modeli sifatida namoyon bo‘ladi. Hayotiylik sikli modeli har
qanday tovar mehnat mahsuli sifatida cheklangan hayotiylik
davriga ega ekanligini
ko‘rsatadi, bu jarayonda ishlab chiqish, joriy qilish, o‘sish, etuklik, to‘yinish va
pasayish kabi bir nechta bosqichlar bosib o‘tiladi (6.2-rasm).
6.2-rasm. Tovarning butun hayotiylik davri davomida sotuv va foyda hajmi
o‘zgarishi
16
Hayotiylik davrining uzunligi turli tovarlar uchun turli darajada bo‘ladi. Bu
muddatni uzaytirish
zaxiralari uchun bitta emas, bir nechta tovar ishlab chiqarish va
sotish asos bo‘lib xizmat qiladi. Bunda bu tovarlar turli birikuvda turli sotuv
bozorlarida joylashishi mumkin. Bu holatda sotuv bozoriga bir dona tovar emas, balki
hayotiylik davri bosqichlari o‘zgarishi oldindan rejalashtirib qo‘yilgan
tovarlar
majmui bilan chiqish maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Kompaniyaning bunday
mahsulot portfelini shakllantirish unga doimiy foyda olishni ta’minlovchi hamda
innovatsion faoliyatni amalga oshirishda kapitaldan foydalanish
manevrlari uchun
sharoit yaratib beruvchi muvozanatlangan ishlab chiqarish-sotuv faoliyatini amalga
oshirishga imkon beradi.
Tovarning butun hayotiylik davri va uning ayrim bosqichlari tovar turiga bog‘liq
bo‘ladi. Biroq keng iste’mol tovarlari uchun ham,
ishlab chiqarish-texnik
16
Абдухалилова Л.Т. Интернет маркетинг. –Т.: ТДИУ, 2011. 265 б.
Sotuv va foyda hajmi
Sotuv hajmi
Foyda
Vaqt
Joriy qilish O’sish Etuklik Pasayish
92
yo‘nalishdagi tovarlar uchun ham xos bo‘lgan umumiy tendensiya hayotiylik
davrining qisqarishi hisoblanadi. Bir bosqichdan boshqasiga o‘tishni tezlashtirib, shu
tariqa tovarning umumiy hayotiylik davrini qisqartiruvchi axborot texnologiyalari va
Internet bu borada o‘zining munosib hissasini qo‘shmoqda. 6.3-rasmda bugungi kun
(V) va o‘n yil avvalgi davr (A) uchun xos bo‘lgan
tovarning hayotiylik davri
grafiklari aks ettirilgan.
Dostları ilə paylaş: