155
shaxslarga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Ta’kidlash joizki, reklama ko‘pincha yangi mahsulotni sotuvga keng taklif
etishdan oldin keladi. Shuningdek, yangi mahsulot reklamasi iste’molchilarni u bilan
dastlabki tanishtirishning o‘rnini olmasligi lozim. Aks holda reklama axborotga
keragidan ortiq to‘yingan va shu sababli samarasiz bo‘ladi.
Hozirgi paytda ko‘rgazma o‘tkazishning yangi shakli – ko‘rgazma-savdolar
foydalanilmoqda. Bu erda tovarni magazinda, savdo markazida, ko‘chada yangi
tovarni sinab ko‘rish uchun taqdim etgan holda namoyish qilish amalga oshirilmoqa.
Tovar uni tabiiy qo‘llash shaklida namoyish etiladi.
Internet tarmog‘idan foydalanishning keng tarqalishi ko‘rgazmalarning boshqa
bir noan’anaviy shakli – internet orqali ko‘rgazmalar paydo bo‘lishiga olib keldi. Bu
ko‘rgazmalar virtual reallik va multimedia vositalarni qo‘llagan holda ishlab
chiqiladi.
Dostları ilə paylaş: