3
KIRISH
O'zbekistonda Kimyo sanoati — ogʻir
sanoat tarmoqlaridan biri, xilma-xil
kimyoviy mahsulotlar turlari: kon-kimyo xom ashyosi, asosiy kimyo mahsulotlari
(ammiak, noorganiq kislotalar, ishqorlar, mineral oʻgʻitlar, soda, xlor va xlorli
mahsulotlar, suyultirilgan gazlar va b.), plastmassa va
sintetik smolalar, shu
jumladan, kaprolaktam, sellyuloza atsetatlari, kimyoviy tola va iplar, plastmassa va
shisha-plastiklardan materiallar
va buyumlar, lok-boʻyoq materiallari, sintetik
boʻyoqlar, kimyoviy reaktivlar, fotokimyo mahsulotlari, maishiy kimyo tovarlari
va b. ni ishlab chiqaradi. K.s.ning mustaqil sanoat tarmogʻiga aylanishi sanoat
toʻntarishi bilan bogʻliq. Sulfat kislota i. ch. boʻyicha dastlabki zavodlar 1740 y.da
Buyuk Britaniyada (Richmond), 1766 y.da Fransiyada (Ruan), 1805 y.da
Rossiyada (Moskva gubernyasi), 1810 y.da Germaniyada (Leypsig yaqinida) barpo
etilgan.
Toʻqimachilik va shisha-oyna sanoatining rivojlanishi bilan soda ishlab
chiqaradigan zavodlar qurildi. Bunday korxonalar — soda
zavodlari Fransiyada
1793 y.da (Parij yaqinida), Buyuk Britaniyada 1823 y.da (Liverpul), Germaniyada
1843 y.da (Elba boʻyidagi Shyonebek sh.da), Rossiyada 1864 y.da (Barnaul)da
qurildi. 19-asr oʻrtalaridan Buyuk Britaniya (1842), Germaniya (1867), Rossiya
(1892)da sunʼiy oʻgitlar ishlab chiqaradigan zavodlar ishlay boshladi. AQShda K.s.
Yevropa mamlakatlariga nisbatan kechroq paydo boʻldi, lekin 1913 y.ga kelib
kimyoviy mahsulotlar i.ch. hajmi boʻyicha jahonda 1-oʻringa chiqib oldi.
Oʻzbekistonda tegishli xom ashyo manbalari boʻlishiga qaramay 20-asrning 30-
y.larigacha K.s. deyarli yoʻq edi. 1910-y.larda ohak kuydirish, oʻsimlik boʻyogʻi
olish, oltingugurt i.ch., ishqoriy moddalar tayyorlash, sovungarlik bilan
shugʻullangan bir qancha kichik korxonalar (12 sovun zavodi, neftni haydash
zavodi, 2 boʻyoq f-kasi) boʻlgan.
4
Xomashyo bazasiga
yaqin joyda esa shakar, yog`-moy, konserva, spirt, vinochilik,
paxta tozalash va shu kabi tarmoqlar joylashadi. Shunday qilib, korxonalarni
joylashtirishni rejalashtirish va iqtisodiy asoslash paytida har bir tarmoqning o`ziga
xos xususiyatlarini tog`ri hisobga olish, ishlab chiqarishni joylashtirishning
umumiy tamoillariga tayanish butun sanoatni joylashtirishning yuqori
samaradorligini ta’minlash imkonini beradi. Natijada ijtimoiy mehnat unumdorligi
oshadi bu esa, milliy iqtisodiyotning rivojiga katta ta’sir ko`rsatadi.
Sanoat korxonasini joylashtirish hududi va joyini tanlash yangi quriladigan
korxona hajmi va ixtisoslashishini, ularning ishlab turgan, loyihalanayotgan
korxonalar bilan aloqalarini aniqlash sanoat korxonalarini faqat geografik jihatdan
to`g`ri joylashtirish uchungina emas, balki yangi va ishlab turgan korxonalarni
rekonstruksiya qilishni loyihalash uchun ham muhimdir. Loyihaning yuqorilash
uchun ham muhimdir. Loyihaning yuqoridagi masalalariga bag`ishlangan qismi
qolgan barcha masalalariga bagi`shlangan qismi qolgan barcha qismlarning
ishlashi uchun manba bo`lib xizmat qiladi. Bu qismda
korxonani mazkur joyda
qurishning maqsadga muvofiqligi, xomashyo, yoqilg`I, energiya va suv manbalari,
loyihalanayotgan korxonaning qiymati va texnik-iqtisodiy ko`rsatkichlari
aniqlanadi:
Dostları ilə paylaş: