Ixtiyoriy sanoq moduliga ega bo`lgan ketma-ketli hisoblagichlar. Umuman olganda, K≠2
n
bo`lgan hisoblagichlar tuzishda, mos keluvchi ikkilik
hisoblagich sxemasiga ortiqcha holatlarni bartaraf etuvchi teskari aloqa kiritiladi.
Masalan, sanoq moduli 3 ga teng bo`lgan hisoblagich tuzish uchun ikki razryadli
ikkilik hisoblagichni (K= 2
2
=4) qo`llash kerak. Unda ikkilik soni 11 ga teng bolgan
bitta ortiqcha holatni (K= 2
2
- 1 = 3) bartaraf etish mumkin, ya’ni triggerlar to`rtinchi
emas, uchinchi impuls kelishi bilan nolga o`tishi kerak. Bunday sxemalarni tuzish
uchun JK-triggerlar qulay hisoblanadi. Ikkita JK- triggerida bajarilgan, sanoq
moduli 3 ga teng bo`lgan hisoblagich sxemasi 10.3-rasmda keltirilgan. Ketma-ketli
hisoblagichlarni JK-triggerlarini kiritib turlicha ulash yordamida ixtiyoriy Ksonini
hosil qilish mumkin.
Reversivhisoblagichlar.Hisoblagichlardagi
sanoq
yo`nalishi(tartibi)
razryadlararo aloqalar turini o`zgartirib turlicha bo`lishi mumkin.
10.3-rasm. Sanoq moduli K=3 bo’lgan ketma-ketli hisoblagich sxemasi
Masalan, har bir triggerning sanoq kirishlarigaT 0 =MQ K=1 MQamalini bajaruchi,
ya’ni multipleksor bo`lgan VA-YOKI-EMAS MElarini kiritib, reversiv hisoblagich
hosil qilish mumkin. Dinamik T-triggerda bajarilgan bunday reversiv
hisoblagichning sxemasi 10.3- rasmda keltirilgan.
V kirish trigger ishini to`xtatadi va unga yozilgan ma’lumot ancha muddat ichida
saqlanishi mumkin. Ketma-ket uzatishli hisoblagichlar ichki tuzilmasining soddaligi
bilan ajralib turadi, lekin kichik tezkorlikka ega, chunki triggerning har bir ulanishi,
avvalgisi qayta ulangandan so`ng amalga oshadi. Shuning uchun chiqishda
ma’lumot o`rnatilishining minimal vaqti quyidagiga teng:
T
K1.min
=Nt
k ,
bu yerda: N — hisoblagich razryadlari soni, t K hisoblagich bir razryadining qayta
ulanish vaqti.