69
Ikkinchi bob. madaniyatning asOsiy sOhalaRi
munosabat va axloqiy faoliyatni o‘z ichiga oladi.
Axloqiy ong tarixan o‘zgarib boradigan axloqiy munosabatlarni ifodalab,
axloqiylikning sub’ektiv jihati bilan bog‘langandir. Axloqning hayotiy
faoliyat
ustidan nazorat qilish tabiatidan kelib chiqib, axloqiy ongning tabiati va o‘ziga
xosligini belgilash mumkin. Axloq kishilar oldiga shunday xatti-harakatlarni
amalga oshirishni shart qilib qo‘yadiki, uni burch deb ataydilar. Shuning
uchun insonning tarixiy ehtiyojlari qat’iy amalga oshirilishi yoki oshirilmasligi
to‘g‘risidagi g‘oyalar axloqiy tasavvurlar shaklida ifoda etiladi. Kishilarning
ijtimoiy zaruriyatni anglab yetishi o‘ziga xos axloqiy majburiyatga asoslanadi.
Buning ma’nosi shuki, xatti-harakatlar ezgulik, olijanoblik, boshqalar oldida
ma’naviy ustuvor bo‘ladigan faoliyat tusini oladi. Shunday qilib, axloqiy ong
voqea-hodisalarni va xatti-harakatlarni nafaqat zaruriyat, balki insoniy fazilat,
qadriyat ekanligi jihatidan ham qarab chiqadi. Axloq inson oldiga yaxshilik
va yomonlikdan birini tanlab olish masalasini qo‘yadi, o‘zining insoniylik
fazilatlariga qarab chiqib inson ulardan birini ixtiyor etadi, amalga oshiradi.
Shunga muvofiq axloqiy ong kishilarning xatti-harakatini, ijtimoy hodisalarni
baholaydi, shuningdek, axloqiy ong ularning kelib chiqishini emas, balki ularga
o‘z munosabatini ifoda etadi. Bu munosabat axloqiy baho kategoriyasi orqali
namoyon bo‘ladi.
Voqelikka va inson faoliyatiga qadriyat sifatida munosabatda bo‘lish
axloqiy ongning muhim xususiyatidir. Demak, axloqiy ong o‘ziga xos sohada
amal qilib, kishilarning o‘z xatti-harakatlarini muayyan maqsadlarga qanchalik
yo‘naltirganligi, ya’ni ularni erkin tanlash imko niyatlarining nechog‘liq keng
va yuqori bo‘lishiga asoslanadi. Bu ayni individual xulq sohasi bo‘lib, shunga
muvofiq
tarzda axloqiy ong, ya’ni xulq-atvor ro‘yobga chiqadi.
Axloqiy ong tarkibida axloqiy tuyg‘uning alohida o‘rni bor. Axloqiy tuyg‘u
mazmunan ijtimoiy hayotning turli tomonlariga insonning sub’ektiv, shaxsiy
qarashi va munosabatini bildiradi. Masalan, muhabbat tuyg‘usi, nafrat tuyg‘usi,
ishonch tuyg‘usi, hamdardlik tuyg‘usi, rashk tuyg‘usi va boshqalar kishilar
o‘rtasidagi amaliy-axloqiy munosa batlarning ruhiy ifodasidan boshqa narsa
emas. Demak, axloqiy tuyg‘u kelib chiqishi va ahamiyati jihatidan ijtimoiy
bo‘lib, uning aksariyati insonning ijobiy va salbiy sifatlarini mujassam etadi, bu
sifatlar esa axloqiy ong tarzida baholanadi, ya’ni shaxsninig axloqiy qiyofasini
bildiradi.
Axloqiy tuyg‘u e’tiqoddan nafaqat mazmunan,
balki ruhiylik shakli
bilan ham tafovut qiladi. Inson ongida tarkib topadigan insonparvarlik,
vatanparvarlik, kelajakka ishonch, tushkunlik, millatchilik kabi tasavvurlar
nafaqat aqliy-ratsional, shu bilan birga uning emotsional, dunyoni ruhiy his
etishiga ham tegishlidir.
1
I. A. Karimov. Bizdan obod va ozod Vatan qolsin. T.: «O‘zbekiston», 1994, 3-b.
70
madaniyatshunOslik asOslaRi
Nihoyat, shaxsning axloqiy o‘z-o‘zini anglashini tashkil etadigan holat
(burch, mas’uliyat, vijdon, uyat, fazilat va h. k. )lar
ham muayyan ruhiy
kechinmalar orqali namoyon bo‘ladi. Masalan, burch hissi, mas’uliyat hissi,
vijdonan ezilish hissi, uyat hissi va boshqalar. e’tiqodiga ko‘ra faoliyat
ko‘rsatganda inson vaziyatni o‘z bilimlari asosida tahlil etadi, ularni ijobiy yoki
salbiy tarzda baholaydi. Biroq inson o‘ziga taalluqli xususiy muammolarni
hamma vaqt ham ijtimoiy- axloqiy tasavvurlar asosida tahlil etavermaydi.
Inson shunday holatlarga ham duch keladiki, unda masalani zudlik bilan o‘zi
yechishi lozim bo‘ladi. Bunday hollarda kutib o‘tirishga vaqt ham, imkon ham
bo‘lmaydi. Bunda unga axloqiy tuyg‘ular yordam berishi mumkin, inson ularga
suyanib, amal qilib, voqealarga o‘z ruhiy munosabatini bildiradi, g‘ayriixtiyoriy
ravishda yig‘ilgan ruhiy tajribalar asosida yondashadi. Bu narsa hissiyotlar va
da’vatlarda o‘z ifodasini topadi.
Axloqiy munosabatlar axloqiy madaniyatning elementi sifatida ijtimoiy
munosabatlarning alohida ko‘rinishidir. U axloqiy faoliyat jarayonida kishilar
o‘rtasida tarkib topadigan o‘zaro aloqalar yig‘indisidir. Kishilar faoliyatidagi
o‘zaro axloqiy aloqalarning usuliga qarab, bu munosabatlar mazmuni va
shaklini tasnif qilish mumkin.
Axloqiy munosabatlar mazmunan burch kategoriyasida to‘laroq namoyon
bo‘ladi. Umumiy olib qaralganda, insonning axloqiy burchi, majburiyati uning
jamiyatga, boshqa kishilarga va o‘z-o‘ziga munosabatida aks etadi va uni
shunga asoslanib tasnif qilish mumkin. Insonning jamiyat oldidagi burchi uning
halol mehnat qilishi, o‘z Vataniga, o‘z kasbiga va oilasiga sodiqligi kabilarda aks
etadi. Oilaviy turmush axloqi, ayollarga munosabati, sevgi, do‘stlik, olijanoblik,
baxt, jasurlik kabi hodisalarda insonning jamiyatga, boshqa kishilarga va o‘z-
o‘ziga axloqiy munosabati mujassam bo‘ladi.
Axloqiy munosabatlar shaklan tasnif etilganda axloqiy talablarni ko‘zda
tutadi. Bu talablar har bir kishining muayyan vaziyatda o‘zini
qanday
tutishiga oid yo‘l-yo‘riqlari shaklida; kishilarning o‘xshash shart-sharoitlardagi
umumiy xatti-harakatlari (axloqiy me’yorlar) shaklida; ma’lum axloqiy
fazilatlarning insonning o‘zida tarkib topishi shaklida; axloqiy ideal shaklida
ifodalanishi mumkin. Shuningdek, bu talablar hamma vaqt shaxsiy axloqiy
munosabatlarning alohida ko‘rinishi bo‘lib, burch, mas’uliyat, sha’n, vijdon,
fazilat kabilar tarzida yuzaga chiqadi.
Kishilar o‘zaro hamkorlik asosida faoliyat ko‘rsatganda, bir-birlari bilan
muayyan munosabatga kirishadilar, ijtimoiy intizomga bo‘ysunadilar, qat’iy
1
I. A. Karimov. O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida. 18-b.
2
I. A. Karimov. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, mafkura. 74-b.