O‘zbekistOn Respublikasi Oliy



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/57
tarix21.12.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#77076
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   57
Madaniyatshunoslik-asoslari.2006

Ikkinchi bob. madaniyatning asOsiy sOhalaRi
ham «insonning o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi»

— yangi iqtisodiy 
madaniyat shakllanishining mazmuni ana shundan iboratdir.
Iqtisodiy madaniyatning mohiyati, mazmuni va vazifalarini aniqlab olish 
nafaqat nazariy, balki amaliy jihatdan ham muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiy 
madaniyat deyilganda kishilarning iqtisodiy bilimlari, e’tiqodlari va amaliy 
faoliyatlari, ularning o‘zaro yaxlit tarzda ro‘yobga chiqishi tushuniladi.
Iqtisodiy madaniyatning sohibi inson bo‘lib, u o‘z iqtisodiy faoliyati 
orqali iqtisodiy munosabatlar doirasiga kiradi. Iqtisodiy madaniyat 
tarkiban quyidagilardan ilorat: iqtisodiy ong, iqtisodiy faoliyat va iqtisodiy 
munosabatlar.
Iqtisodiy ong tushunchasi keng ma’noga ega bo‘lib, avvalambor, kishilarning 
ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonidagi o‘z o‘rinlarini anglab yetishlarini bildiradi. 
Iqtisodiy ong ratsional bilimlarni, emotsional tuyg‘ularni o‘zida ifoda etadi. 
hozirgi zamon ishlab chiqarish jarayoni, iqtisodiy munosabatlar kishilardan o‘z 
bilim va malakalarini to‘xtovsiz rivojlantirib, boyitib borishni taqozo qiladi.
Iqtisodiy ongning muhim elementi e’tiqod hisoblanadi. Rivojlangan 
iqtisodiy ong, iqtisodiy bilimlarning muayyan darajasi o‘z-o‘zicha, mexanik 
tarzda ijodiy faoliyatga olib kelmaydi. Faoliyat ko‘rsatishdan oldin inson o‘z 
maqsadlarini aniqlab oladi: maqsad iqtisodiy manfaat, ehtiyoj va tajribalar 
bilan muvofiq kelmog‘i kerak. Iqtisodiy bilimlarni baholash, ularni amaliyotda 
qo‘llash, ya’ni bilimlar, manfaatlar, ehtiyojlar va tajribalar asosida faoliyat 
ko‘rsatishning murakkab jarayoni amal qiladi. Buni anglab yetish jarayonida 
kishilar ongida muayyan tushunchalar to‘planadi va tarkib topadi, bu esa 
faoliyatda sotsial yo‘l-yo‘riq, maqsadlarda esa aniq namoyon bo‘ladi. Maqsad 
insonning ma’lum yo‘nalishda, ma’lum vaziyatda muayyan usul bilan harakat 
qilishga tayyor turishini bildiradi.
e’tiqod islohotlar tufayli amalga oshirilayotgan siyosatni anglab yetishni, 
uni harakatga keltiradigan mayl, ishtiyoqni o‘z ichiga oladi. e’tiqod inson 
faoliyatining izchil, mantiqiy, maqsadga muvofiq ravishda ro‘yobga chiqishini 
ta’minlaydi.
Iqtisodiy madaniyatda bilim va iqtisodiy qarashlarning o‘rni haqida 
gap ketganda, iqtisodiy mafkura tushunchasi kelib chiqadi. Iqtisodiy 
mafkura iqtisodiy nazariya va iqtisodiy dasturni o‘z ichiga olib, iqtisodiy 
munosabatlarning siyosiy madaniyat va huquqiy ongga ta’sir etishida 
muhim omil hisoblanadi. Iqtisodiy mafkura, umuman, mafkuraning tarkibiy 
qismi sifatida iqtisodiy hayotni tashkil etish, iqtisodni boshqarish, iqtisodiy 
1
I. A. Karimov. hozirgi bosqichda demokratik islohotlarni chuqurlashtirishning muhim 
vazifalari. // Xalq so‘zi, 1996, 30 avgust.
5— Zakaz  23


66
madaniyatshunOslik asOslaRi
munosabatlar haqidagi qarashlar tizimidan iboratdir. Iqtisodiy mafkuraning 
negizida inson, jamiyat, sinf va tabaqalarning o‘z iqtisodiy manfaatlarini anglab 
yetishini ifodalaydigan g‘oyalar va qarashlar majmuasi yotadi.
Iqtisodiy faoliyat iqtisodiy madaniyatning muhim komponenti bo‘lib, u 
«tirikchilikni ta’minlash usuli, uning vositalari majmuidir». Uning tarkibiga, 
eng avvalo, moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish kiradi, chunki bu narsa 
faoliyat uchun ustuvor ahamiyatga ega bo‘lib, nafaqat mehnatni, balki 
mehnat mahsulini o‘zlashtirishni ham o‘z ichiga oladi. Inson iqtisodiy 
faoliyatning sub’ekti hisoblanadi. Iqtisodiy faoliyatdan ma’lum maqsad 
kutiladi, u ham bo‘lsa, hayotiy ehtiyojlarni qondirishdir. Uning aniq shakli 
xo‘jalik yuritish bo‘lib, uning asosida mehnat yotadi
1
.
har qanday iqtisodiy fikr, har qanday yuksak ong faoliyatda o‘z ifodasini 
topa olsagina iqtisodiy madaniyat hodisasiga aylanishi mumkin. Shu sababli 
ilg‘or iqtisodiy tafakkur va ong insonning xatti-harakatlarida, iqtisodiy xulqi va 
odobida yuzaga chiqishi zarur.
Iqtisodiy odob — bu insonning iqtisodiy faoliyati jarayonida amalga 
oshiriladigan izchil ma’naviy-axloqiy xatti-harakatlari majmuidir. Iqtisodiy 
faoliyatning mazmunini anglash ijtimoiy-iqtisodiy odobning mohiyatini 
tushunishga yordam beradi. Chunonchi, korporativ etika degan tushunchani 
olib ko‘raylik. U ma’lum korporatsiyaga tegishli, uning barcha a’zolari uchun 
majburiy bo‘lgan xulq qoidalarini ifoda etadi.
Faoliyat maqsad, vosita, jarayon va uning natijalaridan tashkil topadi. 
Iqtisodiy tafakkur bilan iqtisodiy ong muayyan iqtisodiy odobning mayli va 
maqsadi hisoblanadi. Bunda kishilar o‘z xatti-harakatlarida muayyan bilimlarga, 
iqtisodiy voqelikni tahlil qilishga, xo‘jalik tajribalari, iqtisodiy bilimlar tarixiga 
hamda, ilg‘or amaliyotga suyanadilar. Iqtisodiy ong shu ma’noda faoliyatning 
fikriy obrazidir.
Iqtisodiy madaniyat tarkibida iqtisodiy munosabatlar alohida o‘rin tutadi. 
Ular obyektiv yo‘singa ega bo‘lib, umuman madaniyat, xususan, iqtisodiy 
madaniyatning moddiy negizini tashkil etadi, ijtimoiy, shu jumladan, iqtisodiy 
ongni belgilaydi, ularda o‘z ifodasini topadi.
Iqtisodiy munosabatlarning mohiyati ishlab chiqarish darajasinigina emas, 
balki mulkchilik, taqsimot, ayirboshlash va iste’mol muammolari, demakki, 
mulk, taqsimot, ayirboshlash va iste’mol bilan bog‘liq ravishda tarkib topadigan 
munosabatlarni aks ettiradi. Iqtisodiy munosabatlar, sodda qilib aytganda, 
mulkka asoslanib amal qiladigan munosabatlardir. Ular nafaqat moddiy, balki 
butun nomoddiy sohalarning ham zaruriy unsuri sifatida iqtisodiy faoliyat 
1
I. A. Karimov. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida. 172-b.


67

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin