Ikkinchi bob. madaniyatning asOsiy sOhalaRi
Oltinchidan, mustaqillik sharoitida din va diniy qadriyatlarlarning yuqorida
qayd etilgan ijobiy jihatlarini e’tirof etish bilan birga, haqiqiy islomiy axloq-
odob, islomiy qadriyatlar bilan hech qanday aloqasi bo‘lmagan aqidaparastlik,
ekstremizmning har qanday ko‘rinishiga qarshi murosasiz kurash olib borish
har bir fuqaroning burchidir. holbuki, adolatli, demokratik, fuqarolik jamiyati
qurilayotgan hozirgi paytda har qanday shakldagi aqidaparastlik ijtimoiy
taraqqiyotimiz yo‘liga to‘sqinlik qiladi.
Mustaqilligimizning ilk qadamlaridanoq dinning jamiyat ma’naviy hayotida
tutgan o‘rni oqilona tarzda belgilab olindi.
SAN’AT
San’at inson mehnati, aql-idroki, shuuri bilan yaratilgan, vujudga kelgan,
ijod qilingan madaniy hodisadir. San’at keng ma’noda madaniy qadriyat bo‘lib,
badiiy qadriyatlar bilan birga ularni yaratish va iste’mol jarayonlarini qamrab
oladi.
San’at xuddi fan singari o‘z mavzu doirasida beqiyos bilish-anglash
imkoniyatlariga ega. Lekin san’atning badiiy bilish-anglash jarayoni o‘ziga xos
doirada sodir bo‘ladi. San’at voqelikni badiiy vositalar orqali to‘laqonli, jozibali
anglashga yordam beradi.
Ma’lumki, ijtimoiy ongning har bir shakli voqelikning muayyan biror bir
tomonini aks ettiradi. San’at ijtimoiy ong shakli sifatida voqelikni badiiy-
tasvirli shaklda aks ettiradi. Insonning bilish-anglash faoliyati masalalari
bilan fanning juda ko‘p sohalari shug‘ullanadi. Masalan, tabiiy fanlar insonni
biologik mavjudot sifatida o‘rgansa, ijtimoiy fanlar uni shaxs sifatida tahlil
qiladi, inson shaxsiga o‘z vazifalari nuqtai nazaridan yondashadi: ruhshunoslik
insonning ichki dunyosini, ruhiy kechinmalarini o‘rganadi; iqtisod nazariyasi
insonga muhim ishlab chiqaruvchi kuch sifatida qaraydi; siyosatshunoslik
insonning siyosiy munosabatlar jarayonidagi o‘rni masalasi bilan shug‘ullanadi;
axloqshunoslik insonni xulq-atvor qoidalari bilan bog‘liq holda tadqiq etadi;
estetika insonning voqelikka estetik munosabatini ochib beradi va hokazo.
Inson badiiy g‘oyalarning moddiy ifoda topishi uchun zarur qurol va
vositalar yaratib, o‘z kundalik hayoti mazmunini boyitishga intilib kelganligi
ma’lum. Darhaqiqat, uzoq o‘tmishda ajdodlarimiz yaratgan tosh qurollarsiz
biror-bir eng sodda naqsh yoki qoyalarga tushirilgan tasvirlar vujudga kelishi
mumkin bo‘larmidi? Demak, san’at mehnat bilan uyg‘un tarzda rivojlanib
borgan madaniy faoliyat natijasidir. Shu bois badiiy faoliyat shakllari inson
ma’naviy mehnati zaminida vujudga kelib, bevosita shu jarayonlar bilan
chirmashib ketgan.
Badiiy faoliyatning eng qadimgi shakllari hali bir-biridan ajralmagan holda
94
madaniyatshunOslik asOslaRi
yaxlit ibtidoiy jamoa madaniyatining bir qismini tashkil etgan edi, bir vaqtning
o‘zida ham ijodiy, ham oddiy xayolparastlikni o‘zida birlashtirardi. Afsonada
insonning tabiat kuchlari oldidagi zaifligi, ojizligi aks etib, unda ilm-fan, estetik
tasavvur kurtaklari, axloqiy qadriyatlarning eng sodda qoidalari va, shu bilan
birga, turli yanglishishlar, «man qi lish»lar namoyon bo‘ladi.
Madaniy faoliyatning tarkibiy qismini tashkil etgan badiiy faoliyatda diniy
ibodatli tomonlar katta o‘rin egallab, foydali-amaliy jihatlar bilan qo‘shilib
ketgan edi. Masalan, qadimgi odamlar yovvoyi hayvonlarni kamon o‘qi
bilan sanchib tasvirlash orqali bo‘lajak ovda o‘zlari uchun kutilgan zafarning
muqarrarligini namoyish etmoqchi bo‘lganlar. Shu tariqa, estetik faoliyat
voqelikni bilishga asoslanib, qadimgi odam ongida bilish bilan afsona yaxlitlikni
tashkil etadi.
San’atning dastlabki kurtaklari ayni vaqtda murabbiy-tarbiyachi vazifalarini
ham bajargan. Tasvirlar, naqshlar, raqslar, ertak-afsonalarda avloddan-
avlodga o‘tib turgan amaliy, axloqiy, estetik, umuman, ma’naviy tajriba
mujassamlashgan edi. Badiiy faoliyatning ilk shakllari uyushtiruvchilik,
birlashtiruvchilik tamoyillariga ham xizmat qilgan. Yashash uchun kurash
maqsadida va yagona manfaat asosida birlashgan jamoaning xatti-harakatlari,
urinishlari vositasida qo‘lga kiritilishi mumkin bo‘lgan g‘alaba — ovda hayvon
ustidan g‘oliblik (ovning samarali bo‘lishi) san’atda tasvirlanib, qadimgi odamlar
ma’naviy hamkorligining muhim omillaridan biri sifatida ifodalangan edi.
San’atning juda ko‘p belgi va xossalari badiiy-madaniy faoliyatning ilk
shakllarida ko‘zga tashlanib turadi, lekin ularda hali yakka shaxs omili yetishmas
edi. Chunki qadimgi odamlar urug‘ va qabila uchun umumiy his-tuyg‘u hamda
tasavvurlar bilan yashagan bo‘lib, o‘zini voqelikdan ajratolmagan edi.
San’atning mohiyati shundaki, uning ma’no-mazmuni boshidan oxirigacha
shaxs bilan bog‘lanadi, shaxs bilan shakllanadi, shaxs bilan qadr topadi. Shaxs
nafaqat san’at ijodkori, badiiy qadriyatlar yaratuvchi, shu bilan birga, san’atning
asosiy obyekti va mavzusi hamdir.
San’at ijtimoiy hayotning murakkab, rang-barang munosabatlari bilan
uzviy aloqador bo‘lib, bir vaqtning o‘zida u ham mehnatning alohida turi, ham
ijtimoiy ishlab chiqarishning maxsus sohasi, ham ijtimoiy ongning muayyan
shakli, ham o‘ziga xos bilim, ham ijodiy faoliyatning alohida ko‘rinishi, demakki,
umuman madaniyat ifodasi sifatida yashab keladi.
San’at, birinchi navbatda, ijtimoiy ong shaklidir, uning boshqa barcha
tavsiflari ana shu sifatdan kelib chiqadi va shunga asoslanadi.
San’atning ijtimoiy turmush jarayonlari bilan bog‘liqligi ma’lum. Buni
1
Barkamol avlod — O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. — T.: «O‘zbekiston»,
1997.
|