O‘zbekistOn Respublikasi Oliy



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/57
tarix21.12.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#77076
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   57
Madaniyatshunoslik-asoslari.2006

Ikkinchi bob. madaniyatning asOsiy sOhalaRi
Shveysariyadagi «Forum fond» xalqaro iqtisodiy tashkilotining IV sessiyasida 
so‘zlagan nutqida bu haqda o‘ta jiddiy va qat’iy fikrlarni bildirgan edi: «Biz 
fuqarolik haqida qonun qabul qildik. Bu qonun mamlakatda yashovchi barcha 
millatlarning huquqlarini shunchaki e’lon qilib qolmasdan, bu huquqlarga 
kafolat ham beradi. Biz diniy aqidaparastlik va mutaassiblik xavfini bartaraf 
qildik. Sovet imperiyasi barbod bo‘lganidan keyin vujudga kelgan bo‘shliqni 
mana shu aqidaparastlik va mutaassiblik bilan to‘ldirishi mumkin va shunday 
xavf mavjud edi»

Tarixdan ma’lumki, hamma zamonlarda ham kishilar ong-qarashlarida 
aqidaparastlik va mutaassiblik shakllanishi xavfi mavjud bo‘lib kelgan, bu bugun 
ham bartaraf etilmaganligi ma’lum. Jadid madaniyatining yirik namoyandasi 
Mahmudxoja Behbudiy o‘z davrida Buxoro amirligida xonaqo va masjidlar 
qurish poygasi kuchayib ketganligidan tashvishga tushib, «namoz uchun bir 
erda masjid va bir mulla kifoya edi. Boshqa masjidlar o‘rniga maktablar solinib, 
bunda yig‘ilgan faqir va yo‘qsullarning bolalarini o‘qitsalar edi, shuncha safil 
(qo‘lidan ish kelmaydigan) kishilar o‘rniga o‘z kunini o‘zi ko‘raturgan bir to‘da 
faol odamlar yetishar edi», deb yozgan edi. Shu nuqtai nazardan respublikamiz 
rahbariyati tomonidan bu sohada olib borilayotgan oqilona siyosat o‘zining 
ijobiy samarasini berayotganligi ravshan.
Ikkinchidan, islomiy qadriyatlar xalqimiz turmush tarzi, ma’naviy fazilatlari 
negizini tashkil etishi sir emas. Ijtimoiy taraqqiyot va yangilanish yo‘lidan 
borayotgan, bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan paytda milliy-tarixiy turmush 
tarzimizni, xalqning urf-odatlarini, an’analarini, fikrlash usulini hisobga olish 
bilan birga diniy qadriyatlarning milliy qadriyatlar bilan uzviy bog‘liq holda 
namoyon bo‘lishini ham e’tibordan chetda qoldirish mumkin emas.
Uchinchidan, din barcha millat kishilari uchun muqaddas ruhiy boylik 
bo‘lib, ularni ezgulikka, poklikka chorlaydi. Din nafaqat oxiratda, balki shu 
dunyoda ham baxt-saodatga erishish mumkinligini e’tirof etadi. Yaxshilikni 
istovchi har bir kishi boshqa kishilar qalbiga ezgulik va mehr-muruvvat nurini 
bag‘ishlamog‘i kerak, yomonlik yo‘liga kirgan odam esa shu fe’l-atvori uchun 
yorug‘ dunyoning o‘zida jazosi va ajrimini oladi. Bu axloqiylikning islomiy 
tamoyilidir. «Kimning amali qanday bo‘lsa, unga shunday amal bilan javob 
qaytariladi, — deb yozadi buyuk alloma G‘azzoliy, — u bu dunyodan yaxshi va 
yomon har turli amallarning javobini ko‘rmagunicha ketmaydi. U bu dunyoda 
o‘z amallariga yarasha muomala ko‘radi»
1
. Islom qoidalariga ko‘ra, olam 
1
I. A. Karimov. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. 52—53-b.
2
I. A. Karimov. Fan ravnaqisiz buyuk davlat qurib bo‘lmaydi. //Xalq so‘zi, 1995, 7 
noyabr.


92
madaniyatshunOslik asOslaRi
yaxshiliklar va ezguliklarga to‘la, insonning komil bo‘lishligi uchun imkoniyatlar 
yetarli. Shubha yo‘qki, xalqimizning ma’naviy merosi, ma’naviy olami hamda 
o‘zligi islom dini tufayli uzoq vaqt saqlanib kelmoqda.
To‘rtinchidan, din o‘z mohiyati jihatidan axloqiy va ma’naviy fazilatlarni 
qayta tiklashga da’vat etilgandir. Diniy e’tiqodlarga keng yo‘l ochilgan, din 
mustaqillik ma’naviyatining tarkibiy qismiga aylangan bugungi kunda uning 
axloqiy qimmati yanada ortib borishi tabiiy. Bu o‘rinda buyuk alloma Bahouddin 
Naqshbandning quyidagi so‘zlari ibratlidir: «Ibodat o‘n qism, o‘ndan to‘qqiz 
qismi halollikni qidirish, bir qismi esa boshqa ibodatlardir»
2
. Buning ma’nosi 
shuki, har bir kishi o‘z mehnati bilan topgan samarasi, mahsuloti hisobiga umr 
kechirishi kerak. Darhaqiqat, din, ayni paytda, shakllangan axloqiy qoidalar 
majmuasi, unda xalq axloqiy kamolotining bosh va asosiy talablari mujas-
samlashgandir. Bu axloqiy dastur va axloqiy ne’matlar esa hamma vaqt xalq 
tomonidan vasiyat etib qoldirilgandir.
Beshinchidan, diniy e’tiqodlar, g‘oyalar hozirgi paytda mamlakatimizda 
amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar va o‘zgarishlarning chinakam 
poydevori bo‘lib xizmat qilishini ham alohida ta’kidlash lozim. Iqtisodiy, siyosiy, 
demokratik islohotlarning moddiy kuchga aylanishi, shubhasiz, shu faoliyat 
sohiblari bo‘lgan insonlarning halolligi, o‘z burchiga sadoqati kabi omillarga 
ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Shuningdek, bu tizimda xalq va mamlakatning 
osoyishtaligi, ma’naviy barqarorligi ham yaratuvchanlik salohiyatiga ega. Shu 
ma’noda, islom tinchlik, iymon, ehson, poklik, vatanparvarlik dinidir.
Tarkiban o‘ta murakkab bo‘lgan bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida 
insonning fe’l-atvori, xulqi, odobi milliy va umuminsoniy qadriyatlar ta’sirida 
shakllanadi. Jumladan, shaxsning nafaqat oilaviy hayotiga, balki kasbiga, 
faoliyatiga, mansabiga, burchiga munosabatlari shariat talab va tamoyillari 
ruhi bilan sug‘orilgan bo‘ladi. Sir emaski, shariat musulmonlar hayotidagi 
barcha tamoyillar, me’yorlar, mezonlar, talablarni o‘zaro yaxlit holda tushunadi, 
ularni faoliyat sohiblari xatti-harakatiga tadbiq etadi. Boshqacha aytganda, 
fuqarolar, jamoalarning ma’naviy hayoti, ishlab chiqarish faoliyati nafaqat 
dunyoviy mezonlar, shular bilan bir qatorda musulmon dinidagi qadriyatlarga 
tayangan holda ham qaror topadi. Bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiy 
islohotlarning demokratlashuvi jarayonida, I. A. Karimov aytganidek, sharqona 
islomiy axloq Kodeksining ahamiyati orta boradi. Shunday ekan, bugun 
siyosiy-ijtimoiy hayot haqida gap ketganda dinning, eng avvalo, ham milliy, 
ham umuminsoniy qadriyat sifatidagi ahamiyati orta borishini e’tibordan soqit 
qilib bo‘lmaydi.
1
I. A. Karimov. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida. 262—267-b.


93

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin