O‘zbekistOn Respublikasi Oliy



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/57
tarix21.12.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#77076
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57
Madaniyatshunoslik-asoslari.2006

Ikkinchi bob. madaniyatning asOsiy sOhalaRi
«hindiston», «Geodeziya», «Mineralogiya», «Saydana».
Beruniy madaniy hayot sohasida quyidagicha fikrlarni ilgari suradi:
— fanning sofligi uchun kurashgan; dunyoni deistik tushunish (xudo 
dunyoni yaratib, uning ishlariga aralashmaydi, degan diniy-falsafiy yo‘nalish)
ga moyil bo‘lsa-da, ya’ni xudo dunyoni yaratganligini tan olsa-da, tabiatni 
mustaqil deb hisoblaydi; Ibn Sino bilan qilgan ilmiy munozarada o‘ziga xos 
atomistik nazariyani himoya qiladi; geotsentrik va geliotsentrik tasavvurlarning 
tengligi haqidagi farazlarni ilgari suradi; insonning hayvondan o‘z aqli bilan 
farq qilishini ta’kidlagan; 
— xalqning rang va til sohasidagi farqlari, urf-odatlardagi tafovutlarni 
geografik muhitga bog‘lab tushuntiradi; jamiyatning yuzaga kelishida 
kishilarning moddiy ehtiyojiga alohida etibor beradi; inson boshqa 
odamlarning baxt-saodati haqida doim g‘amxo‘rlik qilishi, o‘ylashi kerak, degan 
axloqiy qoidani olg‘a suradi; insonning qadr-qimmati o‘z vazifasini a’lo darajada 
bajarishida, deb hisoblaydi; mamlakat ravnaqi fan taraqqiyotiga bog‘liq, 
insonning eng katta baxti esa bilishdadir, degan tamoyilga asoslanadi.
NOSIR XISRAV (1004—1088) Qabodiyon (Tojikiston)da tavallud topgan. U 
ko‘plab adabiy, ilmiy, falsafiy asarlar va risolalar muallifidir.
Asarlari: «Ro‘shnoinoma»; «Saodatnoma» (masnaviylar); «Zod-ul-musofirin»; 
«Xon-ul-ihvon», «Din vajhi»; «Bo‘ston ul-uqul»; «Jome’ ul-hikmatain»; 
«Safarnoma» (nasriy risola).
Nosir Xisrav o‘zining ma’naviy hayoti, diniy-falsafiy dunyoqarashi jihatidan 
botiniya va ismoiliya mazhabining izdoshi va asoschilaridan hisoblanadi. Nosir 
Xisrav insonning poklanish jarayoniga alohida e’tibor qaratadi. Buning uchun 
g‘ayri insoniy harakat, yomon xulq-atvorlardan saqlanishga, g‘ariblar diliga 
ozor bermaslikka chaqiradi. Axloqiy tar biyaning roliga yuksak baho beradi. U 
odamlarni molu mulkka beril maslikka, adolat va insofga da’vat etadi. «Ma’naviy 
jihatdan ulg‘aymoq chi bo‘lsang, martabangni yuqori ko‘tarishni istasang, 
jahonning ulug‘lariga yaqinlashishni xohlasang, ilm o‘rgan, aqlu idrokingni 
takomillashtir», deydi u.
U o‘z asarlarida odamlarni yuksak odamiylik fazilatlarini egallashga 
chaqiradi. Uning fikricha, ahillik, adlu insof, mehru oqibat, o‘zaro ittifoq ustuvor 
bo‘lgan yurtda zulm mag‘lub bo‘ladi, inson sharafi g‘olib keladi, o‘zaro nizolar 
barham topadi.
JURJONIY ZAYNIDDIN ABUL FAZOYIL ISMOIL IBN hUSAYN AL-XORAZMIY 
(1042—1136) ulug‘ olim va eng mashhur tabib hisoblangan. U Jurjon shahri 
(eron shimoli)da tug‘ilgan bo‘lsa ham umrining ko‘p qismini Xorazmda 
o‘tkazgan va al-Jurjoniy al-Xorazmiy taxallusi bilan mashhur bo‘lgan. Jurjoniy 
Xorazmshoh Qutbiddin Muhammad ibn Anushtagin (1097 — 1127) va uning 


108
madaniyatshunOslik asOslaRi
o‘g‘li Alouddavla Otsiz (1127 — 1156) saroyida xizmat qilgan.
Asarlari:«Al-Xufayi al-a’loyi» («Poyalarning yuqori qismi»); «At-Tibb al-
mulukiy»; «Kitob az-zahiraye Xorazmshohiy»; «Kitob al-ahrod» («hasad tufayli 
kelib chiqadigan kasalliklar»); «Kitob yodgor» («esdalik kitobi»); «Kitob fi rad 
alal-falosafa» («Faylasuflarga qarshi raddiya kitobi»); «Kitob vasiyatnoma» va 
boshqalar; 
Jurjoniy fikricha, haqiqiy lazzat to‘kin-sochin hayot kechirishda emas, balki 
aqliy va ma’naviy kamolotga erishishdadir.
ZAMAhShARIY ABUL QOSIM MAhMUD IBN UMAR IBN AhMAD 
(1075—1144) Xorazmning Zamahshar qishlog‘ida tug‘ilgan. U dastlabki 
ma’lumotni o‘qimishli otasidan olgan, 17 yoshga to‘lganda Buxoroga borgan, 
shuningdek, bilimini oshirish yo‘lida dunyoning ko‘pgina shaharlarida bo‘lgan. 
U Shosh, Bag‘dod, hijozda, ikki marta Makka shahrida bo‘lib, besh yilcha 
yashab Jorulloh («Ollohning qo‘shnisi») degan sharafli nomga ega bo‘lgan. 
U grammatika, lug‘atshunoslik, aruz ilmi, jug‘rofiya, tafsir, hadis va fiqhga oid 
ellikdan ortiq asarlar yozdi. Az-Zamahshariy o‘z ilmiy va ijodiy faoliyatida arab 
tili va adabiyotiga chuqur hurmat bilan qaragan, o‘z asarlarini faqat arab tilida 
yaratgan.
Asarlari: «Al-mufassal» (arab tili grammatikasiga oid asar); «Muqaddimat 
ul-adab» (Adab ilmiga muqaddima); «Asos ul-balog‘a» («Notiq lik asoslari», 
arab tili fasohati va mukammalligi haqida fikr yuritadi); «Al-mujmal-arabiy 
al forsiy»; «Al-Kashshof» (Qur’on haqiqat lariga bag‘ishlangan); «Maqomat 
az-Zamahshariy». Unga «Xorazm faxri», «Arab ustozi» kabi unvonlar berilgan. 
Uning «Al-Kashshof» asari asrlar davomida Qur’oni Karimni o‘rganish 
sohasida asosiy qo‘llanma bo‘lib kelmoqda. Falsafiy qomuslarda yozilishicha, 
Zamahshariy dunyoqarashining negizida asosan ikki narsa yotadi: birinchidan, 
u islom ilohiyoti qobig‘ida sunniylikka ma’lum darajada muxolif sifatida ajrab 
chiqqan mo‘tazaliylik oqimiga moyil bo‘lgan, ikkinchidan, bilish jarayonida aql 
orqali bilib olingan haqiqatlarni tan olib, ratsionalizmni qo‘llab-quvvatlagan. 
U aqliy bilishni haqiqat mezoni deb hisoblaydi, har qanday mushkul ish aql 
egalari tufayli isloh qilinishini ta’kidlaydi.
BURhONIDDIN AL-MARG‘INONIY (1123-1197)-Ali ibn Abu Bakr ibn 
Abd ul-Jalil al-Farg‘oniy ar-Rishtoniy al-Marg‘inoniy Qur’on, hadis ilmlarini 
mukammal egallab, fiqh-islom huquqshunosligi borasida benihoya chuqur 
ilmga ega bo‘lgan mutafakkir bo‘lgan. U Burhon ud-din va-l-milla (Islom 
1
Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. T.: «O‘zbekiston», 2000, 64—65 
b.


109

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin