Ma’ruza №6.
Mavzu: Sinovlar natijalariga ko’ra puxtalik ko’rsatkichlarini aniqlash.
Reja:
6.1. Ishonchlilikka sinashning maqsadi
6.2. Ishonchlilikka sinashning turlari
6.3. Ishonchlilikka sinash obyekti
6.4. Ishonchlilikka sinashda baholanadigan xarakteristikalar
6.5. Tajribaviy va seriyaviy namunalarni sinash
6.6. Ishonchlilikka sinash usullari
6.7. Ishonchlilikka sinash rejalari
6.1. Ishonchlilikka sinashning maqsadi
Ishonchlilikka sinashning maqsadi – buyumning
ishonchlilik darajasini
aniqlash va uning son qiymatlarini baholashdir. Buyumning ishonchlilik darajasini
bilish
kо„p masalalarni xal qilishga, ya‟ni belgilangan ishonchlilik
xarakteristikalarini
tasdiqlash, ularni oshirish tadbirlarini ishlab chiqish, unga
texnik xizmat kо„rsatish oqilona tizimini qо„llash, buyum samaradorligi va keyingi
ekspluatatsiyasining maqsadga muvofiqligi, zaif tomonlarini aniqlash, hisob-kitob,
bashorat (prognoz)larni hamda uning yaratilish texnologik jarayonlari sifatini
tekshirishga imkon beradi.
Sinov natijalari yordamida quyidagi xarakteristikalardan
birini olish
mumkin:
1. Buyumning buzilishgacha bо„lgan xizmat muddatining taqsimlanish
qonuni. Bu xarakteristika tо„liq hisoblanib, asosiy ishonchlilik kо„rsatkichlarini,
jumladan, berilgan vaqt davomida buzilmasdan ishlash
ehtimolligini aniqlash
imkonini beradi. Lekin bu ish katta statistik material va xarajatlar talab qiladi.
Taqsimlanish qonunini faqat sodda buyumlar uchun kam sarf-xarajatlar bilan olish
mumkin.
2. Buyumning buzilishsiz ishlash ehtimolligi berilgan vaqt uchun
aniqlanadi, lekin buzilmaslik xarakteristikasi buyumning kо„proq ishlash davri
uchun noma‟lum bо„lishi mumkin. Bunday chegaralangan ma‟lumot bо„yicha
ham buyumning ishonchlilik darajasi tо„g„risida xulosa chiqarish mumkin.
3. Sinovlarning murakkabligi va uzoq chо„zilishi buyumning vaqt bо„yicha
chiqish parametrlari о„zgarishiga baho berish imkoniyatidan mahrum qiladi. U
holda har bir parametr bо„yicha “ishonchlilik zaxirasi” kо„rsatkich bо„lib
xizmat
qiladi. Bashorat usullarini qо„llagan holda sinashlarning bu natijalaridan
buyumning ishonchlilik darajasini aniqlashda foydalaniladi.
4. Masalaning murakkabligi tufayli kо„p hollarda buyumning ishonchlilik
darajasini absolyut miqdorlarda aniqlash mumkin bо„lmay qoladi,
bu xolda uni
faqat о„ziga о„xshagan buyumning kо„rsatkichi bilan nisbiy taqqoslashga tо„g„ri
keladi. Natijada sinashlar, buzilmasdan ishlashlik yoki chidamlilik necha marta
о„sdi,
degan savolga javob berib, chidamlilikning haqiqiy darajasi tо„g„risidagi
masala xal bо„lmaydi. Yuqori ishonchli buyumlar uchun sinashlarning usul va
hajmlarini aniqlashda faqat vaqt omili asosiy mezon bо„lib xizmat qiladi.