6.7. Ishonchlilikka sinash rejalari
Ishonchlilikka sinash har xil rejalar orqali tashkil etiladi. Sinov о„tkazish
rejalari ma‟lum qoidalarga bо„ysinadi va tegishli muddatlarda olib boriladi. Sinash
rejalari bir muncha kо„rsatkichlarni о„z ichiga oladi, masalan, nazorat ostidagi
buyumlar soni; buzilgan buyumlar almashtiriladimi yoki yо„qmi; sinov qachon
tо„xtatiladi yoki sinovni davom ettirish uchun qо„shimcha buyumlar qо„yiladimi
va h.k.
10
.
Sinash rejalari
1. [NUN] - tugallangan sinash rejasi. Kuzatuvga N buyumlar qо„yilgan,
kuzatuvlar hamma buyumlar ishdan chiqqungacha olib boriladi. Buzilgan
buyumlar yangilari bilan almashtirilmaydi. Sinovlar natijasida unga qо„yilgan
buyumlarning ishlash muddatlari aniqlanadi (t
1
,t
2
,….,t
N
)
Bu yerda: N – kuzatuvga qо„yilgan buyumlar soni; U - buzilgan buyumlar
yangilari bilan almashtirilmaydigan rejalar; N – kuzatuv davrida buzilgan
buyumlar soni.
2. [NUr] - tugallanmagan sinash rejasi. Kuzatuvga N buyumlar qо„yilgan,
kuzatuvlar r buzilishlar sodir bо„lguncha olib boriladi. Buzilgan buyumlar
yangilari bilan almashtirilmaydi. Sinovlar natijasida unga qо„yilgan buyumlarning
r buzilishlar sodir bо„lguncha ishlash muddatlari aniqlanadi (t
1
,t
2
,….,t
r
)
Bu yerda: r – buzilishlar soni.
3. [NUT] - tugallanmagan sinash rejasi. Kuzatuvga N buyumlar qо„yilgan,
kuzatuvlar T vaqtgacha olib boriladi. Buzilgan buyumlar yangilari bilan
almashtirilmaydi. Sinovlar natijasida unga qо„yilgan buyumlarning ishlash
muddatlari aniqlanadi (t
1
,t
2
,….,t
T
)
Bu yerda: T – kuzatuv muddati.
4. [NUZ] - tugallanmagan sinash rejasi. Kuzatuvga N buyumlar qо„yilgan,
kuzatuv natijasida buzilishlar soni va buyumning ishlash muddatlari (t
1
,t
2 ,
,…,t
R
)
aniqlanadi hamda buzilmagan buyumlarning sinash davrida ishlagan muddatlari
(
1
,
2
…
N-R
) e‟tiborga olinadi.
Bu yerda: Z - buzilgan buyumlarning oxirgi holatgacha va buzilmagan
buyumlarning sinash davrida ishlash muddatlari.
5. [N,R,r] - tugallanmagan sinash rejasi. Kuzatuvga N buyumlar qо„yilgan,
kuzatuvlar r buzilishlar sodir bо„lgungacha olib boriladi. Buzilgan buyumlar
yangilari bilan almashtiriladi yoki ta‟mirlanadi.
Bu yerda: R - buzilgan buyumlar yangilari bilan almashtiriladigan rejalar;
r – buzilishlar soni.
6. [N,R,T] - tugallanmagan sinash rejasi. Kuzatuvga N buyumlar qо„yilgan,
kuzatuvlar T vaqtgacha olib boriladi. Buzilgan buyumlar yangilari bilan
almashtiriladi yoki ta‟mirlanadi.
Dostları ilə paylaş: |